Jamiyat

Yalongʻoch ayolni soʻroq qilgan jurnalist tanqidga uchradi

© Sputnik / StringerVideokamera na press-konferentsii
Videokamera na press-konferentsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.09.2021
Yalongʻoch ayolni soʻroq qilgan jurnalist yuzasidan Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi munosabat bildirdi.
TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda tegishli davlat organlari reyd oʻtkazgani va unda uyida bollari oldida fohishabozlik bilan shugʻullangan ayol jurnalist tomonidan soʻroq qilingan video tarqaldi.
Mikrofon koʻtargan jurnalistning bu hatti harakatlariga Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olim Oʻsarov oʻz munosabatini bildirdi.
"Inson manfaatlari, huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblangan demokratik jamiyatning muhim sharti soʻz va axborot erkinligidir. Biroq bu jurnalist yoki bloger koʻngliga kelgan ishni qilaveradi, yozaveradi, degani emas.
Devushka na kablukax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2021
Jamiyat
“Stixiya” festivalida mehmonlar yalangʻoch holda raqsga tushdimi? Turizm vazirligi javobi
Ijtimoiy tarmoqlarni larzaga solgan videoni koʻrib (biz mazkur vaziyatda ayolni, uning qilmishini oqlamoqchi yoxud muhokama qilmoqchi emasmiz) qator savollar tugʻildi: mikrofon koʻtargan "muxbir" yalangʻoch holatdagi ayolni kamera qarshisida soʻroqqa tutishi qaysi mezon mos keladi? Sud tomonidan hali aybdorligi isbotlamagan ayolni fohishalikda ayblash jurnalist kasb odobi va qonun talablariga nechogʻli muvofiq? "Muxbir" oʻzganing mulki hisoblangan uyga bostirib kirishga, bunday holatda soʻroqqa tutishga, tasvirga olishga haqlimi? Oʻzi savol berayotganidek, uning farzandlari, yaqinlari shaʼni va qadr-qimmatini unutmadimikan?..
Shuni qatʼiy qayd etamizki, jurnalistning jamiyat oldidagi masʼuliyati, kasb odobi, faoliyat talablari, eng muhimi, mavjud qonun-qoidalar bor va jurnalist buni unutishga haqli emas. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunining 6-moddasida qayd etilganidek, “Oʻz kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chogʻida jurnalist shaxsning huquqlari va erkinliklarini, shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart”.
Ruki v naruchnikax. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Hodisalar
Sirdaryoda bir qizni Rossiyaga fohishalikka joʻnatmoqchi boʻlgan fuqaro qoʻlga olindi
Oʻzbekiston Jurnalistlarining kasb etikasi kodeksida belgilab qoʻyilganidek, “Jurnalist ... oʻz kasb majburiyatlarini bajarishda axborot olishning qonunga zid usullaridan (qoʻrqitish, taʼmagirlik, tovlamachilik, igʻvogarlik, mukofot vaʼda qilish yoki odob-axloq normalariga zid boshqa usullardan foydalanish), shuningdek oʻz xizmat vakolatlaridan shaxsiy maqsadlari yoʻlida foydalanmaydi”.
Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi jurnalist va blogerlarni milliy va xalqaro qonunchilik, Oʻzbekiston Jurnalistlari kasb etikasi kodeksiga rioya etishga, kim boʻlishidan qatʼi nazar, shaxsning shaʼni va huquqlarini poymol qilmaslikka, faxsh, zoʻravonlik va inson ruhiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi illatlardan saqlanishga chaqiradi".
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala