Analitika

Yushkov: Yevropa Rossiya gazidan voz kechishi mumkinmi?

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishEkspert Finansovogo universiteta pri Pravitelstve RF, veduщiy analitik Fonda natsionalnoy energeticheskoy bezopasnosti Igor Yushkov
Ekspert Finansovogo universiteta pri Pravitelstve RF, veduщiy analitik Fonda natsionalnoy energeticheskoy bezopasnosti Igor Yushkov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.09.2021
Rossiya Yevropada gaz narxining keskin koʻtarilishiga sababchi boʻldimi, agar YEI yashil iqtisodiyotga oʻtishni istasa, Shimoliy Oqim-2 samarali boʻladimi?
TOSHKENT, 9 sen - Sputnik. Bugun “Gazprom” "Shimoliy oqim-2" qurib bitkazilganini eʼlon qildi.
Gaz oʻtkazgichning soʻnggi trubasi Boltiq dengizi tubiga yotqizilgani haqidagi xabar 6 sentyabr kuni eʼlon qilingan boʻlsa, 9 sentyabr kuni fyucherslar bozorida tabiiy gaz narxi tarixiy rekord oʻrnatdi – savdo tarixida birinchi marta ming kubometr gaz narxi 700 dollardan oshdi.
“Shimoliy oqim-2”ning ishga tushirilishi Yevropada gaz narxining tez oʻsishiga qanday taʼsir qiladi? Nima uchun Yevropa qishda muzlab qolishdan qoʻrqib turgan bir vaqtda "Gazprom" YEI bozoriga gaz etkazib berishni koʻpaytirmayapti?
Stroitelstvo gazoprovoda Severnыy potok-2 v Germanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.09.2021
Rossiya
“Shimoliy oqim-2” qurilishi toʻliq yakunlandi
Rossiyaning energetika strategiyasining oʻziga xos xususiyatlarini "Sputnik rus tilida" Youtube-kanalida Rossiya Milliy Energetika xavfsizligi jamgʻarmasining yetakchi tahlilchisi Igor Yushkov tushuntirib berdi.
Nega Norvegiyani emas Rossiyani ayblashmoqda
Yevropada 9 sentyabr kuni oktyabr oyidagi gaz fyucherslarining narxi savdo tarixida birinchi marta 700 dollardan oshdi. Bir oy oldin uning narxi 550 dollarni, may oʻrtalarida esa - 373 dollarni tashkil etgan edi. Yevropalik gaz savdogarlari bu vaziyatni "jinnilik" deb atashmoqda va bir qator ommaviy axborot vositalari ushbu narxlar poygasini "Gazprom" oʻyinlari deb izohlashmoqda. Biroq, bu bemaʼnilikning mantiqiy izohi bor, deydi Igor Yushkov.
"Osiyo bozorida gaz narxi bundan ham yuqori. Xitoy gaz isteʼmolini koʻpaytirmoqda. Undan tashqari ham katta isteʼmolchilar bor: Yaponiya, Janubiy Koreya. Yaʼni hozir dunyodagi barcha suyultirilgan gaz Osiyoga ketmoqda. Tabiiyki, suyultirilgan gaz chiqaruvchilari imkon qadar koʻproq daromad olishni xohlashadi. Shu sababli ham butun 2021 yil davomida gaz ishlab chiqaruvchilar barcha mahsulotini Osiyo bozorlariga joʻnatmoqda, - deydi Igor Yushkov.

Shu sababli, Yevropaga qoʻshimcha hajmdagi suyultirilgan gaz kerak boʻlsa, u Osiyodagi narxlar boʻyicha taklif qilinadi, - tushuntiradi Yushkov. Rossiyaga kelsak, biz apreldan to hozirgacha bir xil hajmda gaz etkazib berib kelmoqdamiz.
Vыveska avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stantsii (AGNKS) Gazprom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Rossiya
"Gazprom" Yevropa omborlariga joʻnatilayotgan gaz hajmini qisqartirdi
"Shuning uchun ham biz chet el matbuotidan doimiy eshitib kelayotgan “Rossiyani kranni yopishi va Yevropani shantaj qilishi” haqidagi ayblovlar – oʻrinsiz. Shu oʻrinda YEIga boshqa gaz yetkazib beruvchilarga nazar solish foydali boʻladi. Masalan Norvegiyada toʻrtinchi yil davomida gaz qazib olish hajmi kamayib bormoqda. Ular imkon qadar koʻproq gazni suyultirib Osiyoga junatishga harakat qilishmoqda".
Jazoir ham ichki isteʼmol hajmi koʻpayishi tufayli eksportga kamroq gaz joʻnata boshladi.
Shunday ekan, Rossiyadan nima daʼvo qilmoqchisiz? Yevropaliklarning oʻzi iqtisodiy yutuq uchun vatanparvarlikdan voz kechayotgan boʻlsa?
Undan tashqari, savdogarlar yuqori narxlar haqida gapirganda, ular Gollandiya birjasining kotirovkalarini nazarda tutadi. U yerda narxlar asosan suyultirilgan gaz bozoridagi vaziyatni aks ettiradi.
Germaniya fond birjasi undan farq qiladi: u yerdagi narxlarga Rossiya quvurli etkazib berishi taʼsir qiladi, shuning uchun ular pastroq. Ushbu omillarning barchasini hisobga olish muhim, deydi Igor Yushkov.
Nima uchun Rossiya Ukrainaga foyda qilishi uchun imkon berishi kerak?
Savdogarlar asabiylashayotganining yana bir sababi – Yevropa yer osti omborlarida gaz zahiralari miqdori pastligidir, deydi ekspert.
Polsha va Ukraina “Shimoliy oqim 2”ga qarshi birlashdi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2020
Video
Polsha va Ukraina “Shimoliy oqim-2”ga qarshi birlashdi
"Lekin nima uchun bunday boʻldi? Nega ular qishga tayyorgarlik koʻrmadilar? Chunki narx yil davomida oʻsib bordi va kompaniyalar narx choʻqqisiga chiqqan, endi men hozir ming kubometrni 400 dollarga sotib olsam, qishda narx 300 dollarga tushadi va men zarar koʻraman, deb oʻylashdi. Keyin narx 500 dollarga chiqdi – ular “ana endi narx aniq eng yuqori choʻqqisida” deb oʻylashdi. Va hozir ham ana shu sababli ular yer osti omborlariga gaz quyishdan qoʻrqishmoqda, chunki hech kim bilmaydi, balkim qishda narx toʻsatdan arzon boʻlar”.

Undan tashqari, yil davomida koʻplab mamlakatlar gazni omborlardan olib, uni joriy isteʼmol uchun faol ravishda sotishdi, chunki 2020 yil butunlay boshqacha boʻlgan edi. Oʻtgan yil bozor narxi juda past edi: har ming kubometr uchun 100 dollardan past boʻlgandi.
"Yevropa qishda, albatta,muzlab qolmaydi, lekin Rossiyadan gaz sotib olish uchun ularga qoʻshimcha quvvat kerak boʻladi", - dedi u. "Rossiya gaz ishlab chiqarish va yetkazib berish miqdorini koʻpaytirish imkoniga ega boʻlgan yagona quvurli gazetkazib beruvchidir. Bunda "Shimoliy oqim-2" Rossiyaga qoʻshimcha hajmlarni Yevropaga ortiqcha xarajatsiz yetkazib berish imkonini beradi".
Hozir "Gazprom" uchun yetkazib berish hajmini koʻpaytirish - foydasiz, deydi Yushkov.
Vыveska avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stantsii (AGNKS) Gazprom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.07.2021
Kolumnistlar
"Gazprom" Yevropani toʻlashga majbur qilish yoʻlini topdi
"Ukrainadan boshqa barcha yoʻnalishlar toʻliq quvvat bilan ishlamoqda. Agar hozir “Gazprom” Ukraina orqali normadan ortiqcha hajm olsa, unda yuqori kefitsentlar ishga tushadi. Ukraina orqali gaz oʻtkazish narxi shundoq ham juda yuqori. Oʻz-oʻzidan savol paydo boʻladi – qimmat narxga gaz yetkazib berib gaz narxini tushirish kerakmi yoki hammasi oldingidek qolgani yaxshimi?”
Birinchi variant iqtisodiy jihatdan mutlaq maʼnosiz, deydi ekspert.
"Rossiya hozir oʻz zimmasiga olgan barcha uzoq muddatli shartnomalarni va qoʻshimcha kelishuvlarni bajarmoqda. Agar qoʻshimcha hajm yetkazib berilsa, barcha foyda ukrainalik operatorga tegadi, chunki u meʼyoridan ortiq tranzit uchun yuqori toʻlov oladi",-deydi Yushkov.

Yashil iqtisodiyot
“Shimoliy oqim-2” ishga tushganidan soʻng, Rossiya qoʻshimcha gaz etkazib bera oladi, deydi Igor Yushkov.
"Birinchidan, bu quvur toʻliq "Gazprom"ga tegishli boʻladi, yaʼni u oʻz shoʻʼba korxonasiga pul toʻlaydi. Ikkinchidan, Yamaldan Germaniyagacha boʻlgan masofa Ukraina orqali oʻtadigan yoʻnalishdan 1800km qisqa. Gaz quvurlari qisqaroq boʻlgani tufayli "Gazprom" kamroq energiya sarflaydi. Bu iqtisodiy nuqtai nazardan eng samarali uslub".
Ekspert fikriga koʻra, yashil iqtisodiyotning rivojlanishi "Shimoliy oqim 2" ga salbiy taʼsir koʻrsata olmaydi.
Truba gazoprovoda Severnыy potok - 2  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2021
Dunyoda
"Shimoliy oqim-2" - birinchi oktyabrdan ishga tushadi
Rejaga koʻra, Yevropa 2050 yilga kelib har qanday qazib olinadigan energiya manbalaridan voz kechishi kerak. Ammo bugungi kunda YEIda "yashil bitim" ga kiritilayotgan sarmoyalar miqdori etarli emas. Buning uchun ularni bir necha barobar oshirish kerak.

"Bu esa juda qiyin, chunki oxir-oqibat hamma narsani isteʼmolchi toʻlaydi. Yevropada elektr energiyasi narxi ancha yuqori, albatta YEI oʻz “yashil” rejasidan voz kechmaydi, lekin ularga erishish kechikishi mumkin. Shunday ekan, mening fikrimcha, YEIga gaz yana bir necha oʻn yillar davomida kerak boʻladi".
Undan tashqari, Rossiya energiya bozorida yangi tendentsiyalarini kuzatib kelmoqda. Yevropa vodorodga oʻtishni xohlaydi va vodorod esa - tabiiy gazdan ishlab chiqariladi, deb eslaydi Igor Yushkov. Rossiya vodorod ishlab chiqarishni boshlaganidan soʻng, uni ham “Shimoliy oqim-2” orqali yuborish mumkin boʻladi.
Buning uchun boshida gaz quvurini modernizatsiya qilishning ham hojati boʻlmaydi, deb hisoblaydi mutaxassis.
"Hozir yevropaliklar oʻtish davrida gaz-vodorod aralashmasidan foydalanish haqida gapirishmoqda -tabiiy gazga 30% gacha vodorod aralashtirib yetkazib berish mumkin. Bunda gaz quvurini modernizatsiya qilmasa ham boʻladi. Undan soʻng esa modernizatsiya kerak boʻladi. Lekin buning ham yoʻli bor - gaz quvuriga shikast yetmasligi uchun unga maxsus uslubda ishlov berish kerak boʻladi".
Hozircha bularning hammasi faqat muhokama darajasida. Vodorod bozorining oʻzi yoʻq, - deydi Yushkov.
"Hech kim vodorodni koʻp miqdorda ishlab chiqara olmaydi. Lekin isitish mavsumi esa – bor. Bu Yevropa energetika siyosatining bemaʼniligini namoyish qilmoqda: ular dastlab “Gazprom”ni barcha shartnomalarga narx belgilashni xablarga bogʻliq qilib qoʻyishdi. Agar ular (Rossiya taklif qilgan variant) – gaz narxini neft narxga bogʻlashga rozi boʻlganda – gaz hozir yarim baravar arzon boʻlardi. Xullas, hozir yevropaliklar oʻzlari pishirgan “energetik” shoʻrvani oʻzlari ichishmoqda.
Toʻliq intevyuni qoʻyida tomosha qilish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala