Zaharli ko‘lbar uyqudagi erkak qo‘yniga sudralib kirdi — qo‘rqinchli video

© Sputnik / A. Solomonov / Mediabankka o‘tishMoskovskiy zoopark
Moskovskiy zoopark - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2021
Obuna bo‘lish
Erkak yopinib yotgan ko‘rpasi tagiga "mehmon" kirib olganini oldiniga tushunmadi hatto. Ro‘y berayotgan hodisani kuzatuv kamerasi qaydga olgan
Zaharli ko‘lbar uyqudagi erkak qo‘yniga sudralib kirdi. Hodisa Hindiston shimoli-g‘arbidagi Bansvara shahridagi ibodatxonalardan birida yuz berdi, deb yozadi The Daily Mail.
Video kadrlarida aks etishicha, ilon uxlab yotgan erkak yopingan ko‘rpani ichiga sudralib kiradi. Erkak avvaliga u yondan-bu yonga ag‘dariladi, so‘ngra birdan sakrab turib ketadi, ko‘lbar esa o‘rmalab nari ketadi. Jondor insonga zarar yetkazmaydi.
Ibodatxona tog‘da joylashgani uchun, u yerda nafaqat ko‘lbar, balki qoplonlar ham uchrab turadi.
Nashr ta’kidiga ko‘ra, videodagi hind ko‘lbari bo‘lgan, u ko‘zoynakli ilon nomi bilan ham mashhur. Jonivor uzunligi ikki metrgacha yetishi mumkin, zahari esa asab tizimiga shikast yetkazishga qodir.
Yangiliklar lentasi
0