Rossiya

“Gʻarb-2021” mashqlarida ilk bor "Platform-M" jangovar robotlari qoʻllanildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishPodgotovka boyevoy texniki k uchastiyu v parade Pobedы v Kaliningrade
Podgotovka boyevoy texniki k uchastiyu v parade Pobedы v Kaliningrade - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.09.2021
Kaliningradda boʻlib oʻtgan Rossiya-Belarus oʻquv mashqlarida gusenitsali robot va uchuvchisiz apparatlardan keng foydalanildi.
TOSHKENT, 11 sen – Sputnik. Rossiyaning eng gʻarbiy nuqtasi Kaliningrad viloyatida joylashgan “Pravdinskiy” poligonida boʻlib oʻtgan “Gʻarb-2021” harbiy oʻquv mashqlarida ilk bor granata otish moslamalari (granatomyot) bilan qurollangan “Platform-M” hujumchi robot tizimlaridan foydalanildi, debe xabar qildi jurnalistlarga Rossiya Mudofaa vazirligi.
"Shahar sharoitida shartli noqonuniy qurollangan tuzilmalarni yoʻq qilish hamda statsionar va koʻchma nishonlarga zarba berish boʻyicha qurolli kuchlar mashgʻulotlari doirasida, moto-oʻqchi va desantchi boʻlinmalar “Platformadan-M” robotini masofadan turib zarba berish maqsadida foydalanishdi. Gusenitsali yurish qismi blan jihozlangan robot toʻrtta granatamyot va Kalashnikov pulemyoti bilan qurollangan", - deyiladi xabarda.
Jangovar robotlardan minalashtirilgan hududlarda hamda razvedka maqsadlarida foydalanish mumkin.
Shuningdek, oʻquv mashgʻulotlari doirasida "Orlan" va "Forpost" uchuvchisiz apparatlari nishonga olish hamda zarba berish samaradorligini baholash, artilleriya va tank boʻlinmalarining zarbalarini aniqlashtirish va razvedka maqsadlarida foydalanildi.
“Uchuvchisiz apparatlar nishonlarni qidirish vaqtini sezilarli qisqartirib, bir vaqtning oʻzida bir nechta maskirovka qilgan nishonlarni kuzatish imkonini berdi. Shu bilan birga, mashinalarning oʻzlarini ham sezdirmadi", - deyilgan xabarda.
"Gʻarb-2021" harbiy oʻquv mashqlarida Rossiya va Belarusiya qurolli kuchlari birgalikda har ikki yilda oʻtkazib kelinmoqda. Kaliningraddagi mashgʻulot 2021 yildagi yakuniy bosqich boʻldi.
© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishVoyennoslujaщiy podgotavlivayet k zapusku bespilotnыy letatelnыy apparat
Voyennoslujaщiy podgotavlivayet k zapusku bespilotnыy letatelnыy apparat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.09.2021
Voyennoslujaщiy podgotavlivayet k zapusku bespilotnыy letatelnыy apparat
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader