Sport

MDH Oʻyinlarida Oʻzbekiston ikkinchi oʻrinni egalladi

© Sputnik / Maksim BogodvidPervыe Igrы SNG v Kazani
Pervыe Igrы SNG v Kazani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.09.2021
birinchi MDH Oʻyinlarida Oʻzbekiston jamoasi 23ta oltin 32ta kumush va 35ta bronza medallarni qoʻlga kiritishdi.
TOSHKENT, 11 sen - Sputnik. Rossiyaning Qozon shahrida boʻlib oʻtgan birinchi MDH Oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi ikkinchi oʻrinni egalladi.
Yakuniy reyting jadvaligi muvofiq Oʻzbekiston sportchilari jami 90ta medal yutib olishgan. Ulardan 23 tasi oltin, 32tasi kumush va 35tasi bronza medallar. Oltin medallar boks, kurash, sambo, dzyudo, karate va oʻq otish kabi sportning "jangovar" turlaridan qoʻlga kiritildi.
© Igrы SNGItogovaya tablitsa medaley pervыx Igr SNG va Kazani
Itogovaya tablitsa medaley pervыx Igr SNG va Kazani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.09.2021
Itogovaya tablitsa medaley pervыx Igr SNG va Kazani
Birinchi oʻrin - musobaqa mezboni Rossiya jamoasiga tegishli boʻldi. Rossiyalik sportchilar 111ta oltin, 41ta kumun va58 ta bronza medallarni qoʻlga kiritishdi.
Uchinchi oʻrin esa - Qozogʻiston jamoasini nasib etdi: 18ta oltin, 35ta kumush va 51ta bronza medal. Musobaqaning yakuniy reyting jadvalini quyida tomosha qilishingiz mumkin.
Eslatib oʻtamiz, birinchi MDH Oʻyinlari 4 sentyabrda boshlanib 11 sentyabrda yakunlangan edi. Ushbu musobaqalarda Oʻzbekistondan 164 nafar sportchi sportning 10 turi boʻyicha ishtirok etishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala