Migratsiya

Mehnat vaziri Rossiyaga mehnat migrantlari joʻnatish shartlarini aytdi

© SputnikVizit delegatsii Mintruda RF v Uzbekistan
Vizit delegatsii Mintruda RF v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.09.2021
Ayni damda Rossiya mehnat vaziri oʻrinbosari va 40dan ortiq qurilish kompaniyalari vakillaridan iborat Rossiya delegatsiyasi Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
TOSHKENT, 11 sen - Sputnik. Kecha, 10 sentyabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan uchrashuvda Oʻzbekiston va Rossiya mehnat vazirliklari vakillari tashkillashtirilgan tartibda mehnat migrantlarini ishga olib ketish uchun qanday talablar bajarilishi kerakligini muhokama qilishdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Uchrashuvda Rossiya mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirining oʻrinbosari Andrey Pudov boshchiligidagi delegatsiya hamda Rossiyaning 40 ga yaqin ish beruvchi tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi. Ushbu kompaniyalarning aksariyati - qurilish kompaniyalaridir.
Vizit delegatsii Mintruda RF v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.09.2021
Migratsiya
Rossiyaga delegatsiyasi "Ishga marhamat" monomarkazi faoliyati bilan tanishdi
“Biz kelgusi 10 yil ichida milliard kvadrat kilometrga yaqin qurilish loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirganmiz. Bu jumladan kosmos, butun mamlakat boʻylab temiryoʻl qurilishi, sanoat ishlab chiqarish, energetika va boshqa turli sohalarda amalga oshiriladi. Shu bois bizga malakali mutaxassis yoki profisssional kadrlar zarur”,- deydi Rossiya qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Nikita Stasishin.
Ushbu munosabat bilan Rossiyaga Oʻzbekistondan yiliga 10 ming nafar mutaxassislarni charter reyslar bilan olib ketishni rejalashtirayotganini va ushbu kadrlarni respublikaning barcha hududidlaridan tanlov uslubida imtihon qilib olish rejalashtirilgani taʼkidlandi.
© SputnikVizit delegatsii Mintruda RF v Uzbekistan
Vizit delegatsii Mintruda RF v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.09.2021
Vizit delegatsii Mintruda RF v Uzbekistan
“Asosiy maqsad, pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda mehnat qonunchiligi, ijtimoiy qonunlarga mos tarzda mehnat migrantlarini munosib ish va mehnat sharoiti bilan taʼminlash. Agar ish beruvchi yoki ishlash istagida boʻlgan fuqaroda turli savollar tugʻilsa, shu yerning oʻzida javob topish”, - deya taʼkidladi Rossiya mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirining oʻrinbosari Andrey Pudov
Oʻzbekiston vakillari ham, oʻz navbatida, xorijga olib ketilayotgan mehnat migrantlarining huquqlari toʻla himoyalangan boʻlishi, ularga tanlov imkonini berish muhimligini taʼkidlashdi. Ular oʻz vatanida turiboq, qayerda, qanday sharoitda va qancha maosh evaziga ishlashi haqida toʻla maʼlumotga ega boʻlishi zarurligini qayd etishdi.

“Biz eng asosiysi mehnat migrantlariga munosib mehnat sharoiti yaratilishiga ishonch hosil qilishimiz zarur. Shundagina, bu charter reyslar amalga oshiriladi”, - deydi Oʻzbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov.

Aytish joizki, Rossiyada 2020 yil boshidan boshlab xorijiy fuqarolarni ishga yollashning yangi tartibi joriy etilgan. Pandemiya cheklovlaridan kelib chiqqan holda, Rossiya hukumati mehnat migrantlarini tashkillashtirilgan tartibda ishga yollash tartibini joriy etgan. Buning uchun, hududlar darajasidagi maxsus komissiya ruxsatini olish talab etiladi. Ushbu munosabat bilan Rossiyaga kelayotgan xorijiy ishchilar oqimi ham sezilarli darajada kamaygan.
Ikkinchi tomondan, Rossiyaning qurilish kompaniyalari ishchi kuchi yetishmayotgani yaqol sezilmoqda va buning oqibatida yangi qurilayotgan uylar narxi oshib ketishi va yirik milliy loyihalar qurilishi toʻxtab qolayotgani kuzatilmoqda.
© SputnikVizit delegatsii Mintruda RF v Uzbekistan
Vizit delegatsii Mintruda RF v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.09.2021
Vizit delegatsii Mintruda RF v Uzbekistan
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala