Miniatura muzeyi yangi eksponatlar bilan boyidi

Obuna bo‘lish
Badiiy akademiya va Sharq miniatura san’ati muzeyi kelgusida yangi kolleksiya ko‘rgazmasini tashkil etishni rejalashtirgan.
TOShKENT, 11 sen - Sputnik. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimida Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura san’ati muzeyi yangi eksponatlar bilan boyidi deb xabar qilmoqda muassasa. https://art-academy.uz
"Kolleksioner Fahriddin Abdujabborov tomonidan muzey fondiga jami 412 dona eksponat sovg‘a qilindi. Ahamiyatlisi, XVIII, XIX asrlar hamda XX asrning birinchi yarmiga oid tasviriy, amaliy san’at asarlari, qo‘lozma va toshbosma namunalaridan iborat ushbu eksponatlar xalqimizning nafis san’ati boy tarixidan so‘zlaydi", - deyilgan xabarda.
Sharq miniatura san’ati muzeyida miniatura san’atiga oid asarlar, nodir qo‘lozma va toshbosmalar, tarixiy hujjatlar, amaliy san’at asarlari va boshqa eksponatlar saqlanadi.
Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura san’ati muzeyi va Badiiy akademiya hamkorlikda kelgusida mazkur kolleksiya ko‘rgazmasini tashkil etishni rejalashtirgan, deyilgan xabarda.
Ajdodlarimiz madaniy merosi namunalarini o‘zida to‘plab, ko‘z qorachig‘idek asrab kelayotgan ushbu maskan fondi so‘nggi yillarda muzey ashyolari va kolleksiyalar bilan tobora boyimoqda.
1/8
2/8
3/8
4/8
5/8
6/8
7/8
8/8
Yangiliklar lentasi
0