Migratsiya

Rossiyaga delegatsiyasi "Ishga marhamat" monomarkazi faoliyati bilan tanishdi

© SputnikVizit delegatsii Mintruda RF v Uzbekistan
Vizit delegatsii Mintruda RF v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.09.2021
Monomarkazlarda nafaqat kasbga yoʻnaltirish, balkim til oʻrgatish va mezbon mamlakat qonunchiligi bilan tanishtirish ishlari ham olib boriladi.
TOSHKENT, 11 sen - Sputnik. Toshkent shaxridagi “Ishga marxamat” monomarkazida 10 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining mehnat migratsiyasi sohasidagi vakolatli organlari uchrashuvlari boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolari, “Ishga marxamat” monomarkazi faoliyati bilan tanishib, u yerda chet davlatda ishlash istagida boʻlagan fuqarolarni kasbga yoʻnaltirish va ularga til oʻrgatish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi.
Monomarkazlar faoliyati nafaqat kasbga yoʻnaltirish va til oʻrgatish, balkim mezbon mamlakat qonunchiligi bilan tanishtirishdan ham iborat, deydi Oʻzbekiston mehnat vaziri.
“Istaymizki, mamlakatimizning hech bir fuqarosi xorijiy mamlakatlarga kasbiy tayyorgarliksiz ishlash uchun bormasin”,- deydi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov.
Maʼlumot oʻrnida shuni aytish mumkinki, Oʻzbekistonning barcha hududlarida 200 dan ortiq kasb-hunar taʼlimi markazlari ishga tushirilgan boʻlib, ularning 13 tasi Rossiya Federatsiyasida ishga joylashish uchun qurilish ishchilariga tayyorlashga qaratilgan. Yil boshidan buyon esa 51 mingdan ortiq oʻzbekistonlik mehnat muhojirlari Rossiyaga yuborildi.
© SputnikVizit delegatsii Mintruda RF v Uzbekistan
Vizit delegatsii Mintruda RF v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.09.2021
Vizit delegatsii Mintruda RF v Uzbekistan
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala