Iqtisod

Rossiyaning arzon uy-joy quruvchi yirik kompaniyasi Oʻzbekiston bozoriga chiqmoqchi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishStroitelstvo jilogo kompleksa
Stroitelstvo jilogo kompleksa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.09.2021
PIK – arzon uy-joy qurishga ixtisoslashgan Rossiyaning yirik qurilish kompaniyalardan biridir.
TOSHKENT, 11 sen – Sputnik. Rossiyaning eng yirik qurilish kompaniyalaridan biri boʻlgan PIK guruhi Oʻzbekiston uy-joy qurilish bozoriga chiqish imkonini koʻrib chiqmoqda. Bu haqida kompaniya bosh direktori va asosiy aktsioneri Sergey Gordeyev RIA Novostiga maʼlum qildi.
"Oʻzbekiston – bu istiqbolli bozor, lekin biz u yerda ham narxlar oʻsayotganini koʻrmoqdamiz. U yerda mahalliy kompaniyalar soni ham juda koʻp. Hamma gap biz u yerga qanday mahsulot bilan chiqishimizda. Balkim biroz keyinroq chiqarmioʻ, lekin bu yoʻnalish biz koʻrib chiqqan mamlakatlardan biri edi ", - dedi Gordeyev.
PIK – Rossiyaning uy-joy qurish va sotish bilan shugʻullanadigan yirik kompaniyalardan biridir. U koʻchmas mulk bozorida 1994 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. PIK – arzon uy-joy qurishga ixtisoslashgan kompaniya. Uning aktsiyalarning 60 % tadbirkor Sergey Gordeyevga va 23% VTBbankiga qarashli.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala