Rossiya

Afgʻonistondagi ISHID* jangarilari MO mamlakatlari bilan chegara yaqinida – Medvedev

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Fotobankka oʻtishZamestitel predsedatelya Sovbeza RF D. Medvedev
Zamestitel predsedatelya Sovbeza RF D. Medvedev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.09.2021
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining oʻrinbosarining fikriga koʻra, AQShning Afgʻonistonda harbiy boʻlib turishi oqibatlari fojiali boʻlgan.
TOSHKENT, 12 sen — Sputnik. Afgʻonistonda oʻn minglab ISHID* jangarilari bor, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan chegaradosh viloyatlarda.
Bu haqda 11 sentyabrdagi Nyu-Yorkdagi teraktning 20 yilligi munosabati bilan “Gazeta.ru” nashrida chop qilingan Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining oʻrinbosari Dmitriy Medvedevning maqolasida soʻz boradi.
“Maxsus xizmatlar hisob-kitoblariga koʻra, hozir mintaqada oʻn minglab ISHID* jangarilari va ularning izdoshlari bor, ularning katta qismi Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan chegaradosh shimoliy hamda sharqiy viloyatlarda toʻplangan. “Islom davlati”* rahbariyati oʻz taʼsirini butun mintaqaga tarqatish rejalarini toʻgʻridan-toʻgʻri maʼlum qilgan”, - deyiladi maqolada.
Medvedevning fikriga koʻra, AQShning Afgʻonistonda harbiy boʻlib turishi oqibatlari fojiali, Vashington Afgʻonistonda 1,5 trillion dollarni behuda koʻmgan va terrorizmni yenga olmagan.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Vashingtonni uning Afgʻonistondagi terrorizmga qarshi kurashga oid muvaffaqiyatsiz siyosatidan saboq olishga chaqirgan.
“AQShning Afgʻonistondan ketishi avvalgiday Osiyo, Afrika, Yaqin Sharq va Yevropa uchun ulkan tahdid boʻlgan terrorchilik tashkilotining faolligini kuchaytiradi, xolos”, - deb hisoblaydi Medvedev.
Ministr oboronы RF Sergey Shoygu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.08.2021
Dunyoda
Shoygu KXSHTni Afgʻonistondan jangarilar hujumiga shay boʻlib turishga chaqirdi
Shuningdek, u Afgʻonistonda hal qilinmagan muammolar sifatida giyohvand moddalarining ishlab chiqarilishi koʻrsatgan. Narkotik ishlab chiqarish soʻnggi yillarda bir necha baravarga koʻpaygan.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari
Amerikanskiy soldat (sleva) sidit v zadney chasti vertoleta morskoy pexotы Chinuk - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2021
Kolumnistlar
Amerika buyuk urushni sarhisob qilyapti: oʻldirilganlar million, trillionlar oʻmarilgan
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala