Siyosat

Jamshid Xoʻjayev Agrar universiteti rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi boʻldi

© Press-slujba Minselxoz UzbekistanaMinistr selskogo xozyaystva Uzbekistana Jamshid Xodjayev
Ministr selskogo xozyaystva Uzbekistana Jamshid Xodjayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.09.2021
Qishloq xoʻjaligi vaziri endi Toshkent davlat agrar universitetining rektori vazifasini ham bajaradi.
TOSHKENT, 12 sen — Sputnik. Qishloq xoʻjaligi vaziri Jamshid Xoʻjayevga Toshkent davlat agrar universitetining rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimi yuklatildi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.
Bu borada Hukumatning tegishli qarori qabul qilingan. Xoʻjayev Botir Sulaymonov oʻrniga ushbu lavozimni egalladi.
Azim Axmedxadjayev naznachen pervыm zamestitelem ministra energetiki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2021
Siyosat
Azim Ahmadxoʻjayev energetika vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi
Maʼlumot uchun, Jamshid Xoʻjayev 1979 yilda tavallud topgan. 2000 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Oʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti tashabbusi bilan iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan "Umid" jamgʻarmasi stipendianti.
U 2003 yilda Buyuk Britaniyadagi Birmingem universiteti xalqaro iqtisodiy aloqalar va davlat boshqaruvi yoʻnalishi magistranti. Oʻz mehnat faoliyati davomida Markaziy bank, Milliy bank, Hisob palatasida ishlagan. 2017 yil oxirida tashqi savdo vaziri etib tayinlangan. 2019 yilning yanvaridan Qishloq xoʻjaligi vazirligini boshqarib kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader