Jamiyat

Talabalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida turar joylar quriladi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Fotobankka oʻtishObщejitiye
Obщejitiye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.09.2021
Turar joylarni qurish uchun viloyat hokimlari tomonidan OTMga 0,5 gektargacha yer unga yaqin joylardan ajratiladi.
TOSHKENT, 12 sen — Sputnik. “Respublika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, talabalar turar joylari davlat-xususiy sheriklik asosida quyidagi shakllarda barpo etiladi:
loyihalarni tadbirkorning oʻz mablagʻidan kelishiladigan shartlar asosida moliyalashtirish;
loyihalarni tadbirkor va Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan aralash moliyalashtirish (kamida 200 oʻrinli turar joyni barpo etish uchun);
loyihalarni tadbirkorning toʻliq oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish (kamida 400 oʻrinli turar joyni barpo etish sharti bilan).
Turar joylarni qurish uchun viloyat hokimlari tomonidan OTMga 0,5 gektargacha yer unga yaqin joylardan ajratiladi.
Tadbirkorga tegishli yer yoki binoda kamida 50 oʻrinli turar joy tashkil etish tizimi joriy etiladi.
Bunda, toʻlov OTM bilan kelishiladi hamda u yerda yashagan har bir talaba uchun tadbirkorga bir oʻquv yili uchun Toshkent shahrida BHMning 10 baravari, boshqa hududlarda esa 5 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2021
Jamiyat
Ijarada yashayotgan talabalarga ijaraning 50 foizini davlat qoplab beradi
OTMlarning oshxona va bufetlarini olgan tadbirkorlarga davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari qoʻllaniladi.
Bunda, tadbirkorlar talabalar uchun sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar tayyorlash hamda ularni arzon narxlarda sotish majburiyatini oladi.
Qarorga koʻra, respublika boʻyicha jami 228 ta talabalar turar joylari (400 oʻrinli) barpo etiladi. Shundan hududlarda 2022 yilda 47 ta, 2023 yilda 67 ta, 2024 yilda 62 ta, 2025 yilda 52 ta talabalar turar joylarining qurilishi belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader