Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

WSJ: afgʻon uchuvchilari Oʻzbekistondan AQSH harbiy bazasiga olib ketiladi

© AP Photo / Rahmat GulSamolet afganskix VVS
Samolet afganskix VVS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.09.2021
Nashr maʼlumotlariga koʻra, 585 nafar afgʻon uchuvchilari, ekipaj aʼzolari va ularning yaqinlari AQShning Dohadagi harbiy bazasiga uchib ketadi.
TOSHKENT, 12 sen — Sputnik. AQSH va Oʻzbekiston afgʻon uchuvchilari borasida kelishuvga erishdi. Unga koʻra Afgʻoniston Harbiy havo kuchlari uchuvchilari oilalari bilan birgalikda Amerika harbiy bazasiga koʻchiriladi. Bu xabarni “The Wall Street Journal” gazetasi oʻz manbalariga tayangan holda tarqatdi.
Taʼkidlanishicha, gap “Tolibon”* harakati hukumat tepasiga kelgandan keyin oʻz yaqinlari bilan harbiy samolyot va vertolyotlarda Oʻzbekistonga qochgan uchuvchilar haqida bormoqda. Toliblar ularni qaytarishga urinishgandi, deb yozadi RIA Novosti.
Nashr maʼlumotlariga koʻra, 585 nafar afgʻon uchuvchilari, ekipaj aʼzolari va ularning yaqinlari AQShning Dohadagi harbiy bazasiga uchib ketadi. Biroq keyin ularning Qatardan AQShga va yoki boshqa joyga ketishi nomaʼlum.
Uzbeko-afganskaya granitsa v rayone Termeza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Oʻzbekistonda urib tushirilgan afgʻon HHK samolyoti uchuvchilari reanimatsiyadan chiqarildi
Gazetaning yozishicha, Oʻzbekistonda avvalroq Afgʻonistondan kelgan 46 ta samolyot va vertolyot boʻlib turibdi. “Tolibon”* ularni qaytarishni soʻramoqda. Toliblar vakili Suhayl Shohin avvalroq uchuvchilarning mamlakatga qaytishlari lozimligini bildirgan. Uning soʻzlariga koʻra, Afgʻonistonning ularga muhtojligi bor.
Eslatib oʻtamiz, bundan ilgari hududiga bir guruh afgʻon uchuvchilari qochgan Oʻzbekiston hukumati AQShdan ularni “Tolibon”* harakati bilan “keskin munosabatlardan qochish” maqsadida tezroq boshqa uchinchi mamlakatga koʻchirishni soʻrayotgani maʼlum boʻlgandi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala