Ittifoq davlatini barpo etish nega bunchalik cho‘zilmoqda

© Sputnik / Ekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin i prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko pered nachalom zasedaniya Visshego Gosudarstvennogo Soveta Soyuznogo gosudarstva v Minske
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko pered nachalom zasedaniya Visshego Gosudarstvennogo Soveta Soyuznogo gosudarstva v Minske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2021
Obuna bo‘lish
Hozir mustaqil bo‘lgan respublikalarning undan xavfsirishlari kerakmi? Yo‘q, chunki Rossiya hech kimni yutib yubormaydi, hech kim kuch bilan qo‘shmaydi.
TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Rossiya va Belarus birligi yanada mustahkamroq bo‘ldi. Moskvada Putin va Lukashenko tomonidan erishilgan kelishuvlardan keyin kuni kecha Minskda bosh vazirlar yigirma sakkizta ittifoq dasturlarini amalga oshirishga oid qarorni imzolashdi. Dasturlar ikki mamlakat qonunchiligini iqtisodiyotning turli sohalarida bir xillashtirishga qaratilgan. Yangi iqtisodiy maydon barpo etish yangi darajaga ko‘tarildi – lekin prezidentlar tomonidan tashlangan “juda jiddiy qadam” nafaqat Rossiya va Belarusning Ittifoq davlati, balki butun sobiq Sovet ittifoqi hududidagi intregratsiya (aniqrog‘i, reintegratsiya) jarayonlari uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega. Hozirgi ish keyingi barcha yaqinlashish faoliyatlari uchun, birinchi navbatda asosiy integratsion birlashish – Yevroosiyo ittifoqi doirasida namuna bo‘ladi.
Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2020
Lukashenko Rossiya bilan integratsiyani davom ettirishga tayyorligini bildirdi
Bu haqda Aleksandr Lukashenko to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytdi:
“Biz YeOII va MDHda qanday harakatlanish kerakligi namunasini ko‘rsatapmiz. Ya’ni biz bulzoder singari keyingilar uchun yo‘lni tozalab, oldinda ketapmiz, umid qilamizki, sobiq ittifoq hududiga birlashma va ittifoq birlashmalarining. Ittifoq – bu namuna, bu yanada yaqin ittifoqqa umid qilgan davlatlarning o‘tishiga to‘g‘ri keladigan yo‘ldir”.
Hozirga YeOIIga jami beshta mamlakat a’zo – Rossiya va Belarus bilan bir qatorda bu Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Armaniston. Biroq ertami-kech unga Tojikiston ham, O‘zbekiston ham, va eng asosiysi, Ukraina qo‘shiladi. Eshiklar boshqa sobiq ittifoq respublikalari uchun ham yopilmagan. Chunki tarixiy birlikni qayta tiklash nafaqat Rossiya, balki mamlakatimizning sobiq qismi bo‘lgan davlatlar manfaatlariga javob beradi. Hatto hozir uning elitasi mustaqil omon qolishga yoki Yevropa uyida propiska olishga ishonchi komil bo‘lganlarning. Birgalikda biz yanada kuchliroq bo‘lamiz, tarixiy aloqalarni uzib bo‘lmaslik, geosiyosiy qonunlarini esa inkor qilib bo‘lmasligi haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Uchastniki aksii protesta, poluchivshey nazvanie chernaya subbota, protiv ujestocheniya zakonodatelstva ob abortax v Polshe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2020
“Belarus ssenariysi” Polsha uchun: qaytar dunyo
Rossiya SSSR parchalangandan keyin siqilgan o‘zining tarixiy maydonini qayta tiklamoqda. Bu jarayonni faqat hozirgi Rossiyani – Rossiya Federatsiyasini parchalab, ya’ni rus sivilizatsiyasi umurtqasini sindirib, to‘xtatish mumkin. Biroq bu bo‘lmaydi, demak, integratsiya muqarrar.
Hozir mustaqil bo‘lgan respublikalarning undan xavfsirishlari kerakmi? Yo‘q, chunki Rossiya hech kimni yutib yubormaydi, hech kim kuch bilan qo‘shmaydi. Hammasini oddiy narsalar, tarix bajaradi. Rossiya markazga intilayotgan tendensiyalarga uning geosiyosiy raqiblari (boz ustiga – umumiy raqiblar) xalal bermasligi uchun sabot va diqqat bilan kuzatib turadi, xolos.
Belarus bilan integratsion jarayonlar misoli buning eng yaxshi tasdig‘idir. Reintegratsiya Belarus o‘z suverenitetiga tahdid sezgan vaqtda – Rossiyadan emas, ichki siyosiy mummoalardan foydalanishga qaror qilgan G‘arbdan, tezlashdi. Bir yil avval ko‘pchilik Lukashenko qulashi va Belarusni G‘arbga og‘ishini bashorat qilishganda Rossiyaning to‘g‘ri javobi sifatida shunchaki “Belarus olib qo‘yishni” taklif qilishgandi. Ya’ni uni kuch bilan Rossiyaga qo‘shish. Biroq bizning usulimiz emas, chunki bizda shundoq ham qog‘ozda emas, voqelikda mavjud bo‘lgan Ittifoq davlatimiz bor.
Rossiya va Belarus shunchaki ittifoqdosh emas, ular yagona davlat bir bo‘lagi. Ha, unda prezident va umumiy valyuta yo‘q, lekin tarixiy va man’aviy birligimizni anglash bor, harbiy ittifoq va umumiy (oxiriga qurib bitkazilmagan bo‘lsada) iqtisodiy maydon bor. Biz hamisha birga bo‘lamiz va bizni hech kim ajrata olmaydi degan tushunchalar mavjud.
Lekin siyosiy integratsiya nima bo‘ladi? U bitadimi? Ha, shunday bo‘ladi, faqat uning muddati hozir uncha ahamiyatga ega emas. Lukashenko qanchalar to‘g‘ri aytdi:
“Va agar bizga yanada yaqin harbiy, siyosiyo, boshqa yo‘nalishni olsak, iqtisodiy integratsiya kerak bo‘lsa, buni bir zumda bajaramiz, Belarus va Rossiyadagi odamlarimiz so‘rovlarini sezgan zahotimiz. <...> Kuttirib qo‘ymaymiz”.
Bu yerda nafaqat G‘arbga Belarusni Rossiyadan ajratib olishning har qanday rejalari halokatga muqarrarligi borasida ogohlantirish, bu yerda yana ikki davlat munosabatlari faqat ularning o‘ziga bog‘liqligini tasdiqlash. Ha, Belarus – Rossiyaning tarixiy qismi, belorus halqi esa buyukross va kichikrosslar bilan bir qatorda rus xalqining ajralmas qismidir. Biroq o‘tmish xatolarini, ya’ni SSSR parchalanishi, aql bilan, 1991-yildan so‘ng nimalar ro‘y berganini inobatga olgan holda to‘g‘irlash zarur.
Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko na seremonii inauguratsii v Minske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2021
Lukashenko G‘arbga “qo‘li uzun” ekanini ko‘rsatib qo‘ydi
Bu ma’noda Belarus – bu Lukashenko. U respublikani sobiq ittifoqdan 27-yil boshqarib, uni davlatchiligini yaratdi. Lukashenko davrida Belarusni shunchaki Rossiyaga tarkibiga kiritib qo‘yish bo‘lmaydi. U Rossiya va rus xalqi dushmani bo‘lgani uchun emas, balki u mustaqil davlat arbobi bo‘lgani uchun. Lukashenko 1990-yillar o‘rtasida, ko‘pchilik Rossiya Federatsiyasi qulashini ketayotgan paytda, Ittifoq davlatini barpo etish tashabbuskori bo‘lgan, ya’ni u hamisha bizning birlashishimiz tarafdori bo‘lgan. Ikki davlatning keyingi integratsiyasi muqarrar, biroq to‘liq qo‘shilish na Belarusga, asosiysi, na Rossiyaga kerak.
Avvaliga butun iqtisodiy integratsiya yo‘lishi bosib o‘tish kerakligi uchun emas, balki sobiq sovet ittifoqi, birinchi navbatda Yevroosiyo ittifoqi respublikalariga o‘rnak ko‘rsatish lozim. Rossiya ular xalqlari manfaatlarini hurmat qilishini, bu ularning o‘ziga foydali ekanini ko‘rsatish, mahalliy elitalarga Kreml ularni na ag‘darib, na ularga qo‘mondonlik qilmoqchi emasligini ko‘rsatish. Ittifoq davlat barpo qilishda ham SSSRning xatolari, ham Yevropa ittifoqi barpo etilishi xatolari inobatga olinadi, ya’ni hech kim o‘zga mafkura va hayotning boshqa normalarni zo‘rlab o‘tkazmaydi.
Aleksandr Lukashenko vo vremya vizita v Sudan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2019
Lukashenko: Rossiyaga hech qachon xiyonat qilmaymiz
Lekin shu bilan birga o‘z manfaatlarini (jumladan, u yerda yashaydigan ruslar huquqini), bu mamlakatlardagi o‘z ta’sirini qattiq himoya qilmoq zarur. Uchunki kuchlar aralashuvidan ham, xoh G‘arb, xoh Sharqniki bo‘lsin. Hech narsa o‘z o‘zidan reintegratsiya bo‘lmaydi, hatto tarixiy va geosiyosiy tortirish qonunlariga qaramasdan. Hammasiga o‘zimizga bog‘liq – biz sobiq ittifoq hududidagi katta o‘yinni qanchalik mohirona va izchil olib boramiz. Boz ustiga bu biz uchun nafaqat geosiyosiy o‘yin va hatto shunchaki milliy xavfsizlik masalasi emas – bu xalqimizning kelajagi va uning buyuk tamadduni masalasi.
Manba: RIA Novosti
Yangiliklar lentasi
0