Rossiya

Lavrov Yevropani Rossiya vaktsinalari mavzusini siyosiylashtirmaslikka chaqirdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishMinistr inostrannыx del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevropani Rossiyaning COVID-19ga qarshi vaktsinalari mavzusini siyosiylashtirmaslikka chaqirdi
TOSHKENT, 13 sen - Sputnik. Moskva yevropa mamlakatlari Rossiyaning koronavirusga qarshi vaktsinalari mavzusini siyosiylashtirishdan voz kechishlariga umid qilmoqda, deb bayonot qildi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
"Tarafkashlik, albatta, sezilmoqda, ammo bizning sogʻliqni saqlash vazirligimiz, Rospotrebnadzor, olimlarimiz - ularning Yevropaning dorivor preparatlar boʻyicha agentligi bilan aloqalari bor. Biz ushbu aloqalar maksimal darajada professional - hech qanday siyosiylashtirishlarsiz kechishini istaymiz", - dedi vazir Moskvada San-Marinov TIV rahbari bilan boʻlib oʻtgan muzokaralar yakuni natijasida.
Proizvodstvo vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Kolumnistlar
Vaktsinalar urushi: Yevropa Sputnik V bilan qanday kurashmoqda
Lavrov Rossiya vaktsinalariga nisbatan qatʼiy yondashuvni egallagan davlatlar nomlarini sanab oʻtirmadi, ammo qator davlatlar, jumladan, Frantsiya tomonidan boʻlgan tanqidlarni esga oldi. Lavrovning taʼkidlashicha, Yevropa ittifoqi davlatlarida Yevropaning tegishli agentligi Rossiya preparatlari boʻyicha xulosa chiqarishini kutish lozim, degan qatʼiy talabning oʻzi yoʻq.
Lavrov, shuningdek, Rossiya vaktsinasidan foydalanish Vengriya va Slovakiya tomonidan maʼqullanganini eslatib oʻtdi.
Rossiyaning COVID-19ga qarshi birorta vaktsinasi yevropa dorivor preparatlarni nazorat qiluvchi idoralar tomonidan tan olinmagan. YEIning ayrim davlatlari oʻzlarida "Sputnik V"ni qoʻllaganlar. Rossiyaning ushbu vaktsinasi 4 martdan boshlab Yevropa Ittifoqida foydalanish uchun dori vositalarini qoʻllashni tavsiya etuvchi Yevropa Dorilar Agentligida (YEMA) bosqichma -bosqich tekshiruvdan oʻtkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala