Dunyoda

Markaziy Osiyoning bosh terrorchilari ismlari oshkor qilindi

© FSB RF / Fotobankka oʻtishFlag zapreщennoy na territorii Rossiyskoy Federatsii mejdunarodnoy terroristicheskoy organizatsii "IGIL", obnarujennыy sotrudnikami FSB RF v oborudovannom zaderjannыm terroristom (sleva) taynike.
Flag zapreщennoy na territorii Rossiyskoy Federatsii mejdunarodnoy terroristicheskoy organizatsii IGIL, obnarujennыy sotrudnikami FSB RF v oborudovannom zaderjannыm terroristom (sleva) taynike. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Toliblar eng xavfli terrorchilik uyushmalari ishtirokchilarini "islomiy birodarlar" deb atab, ular bilan hamkorlikni davom ettirmoqda
TOSHKENT, 12 sen — Sputnik. Balx sobiq gubernatori, "Afgʻoniston islom jamiyati" partiyasi yetakchilaridan biri Atto Muhammadiy Nur Tojikiston, Oʻzbekiston va boshqa qator mamlakatlar terrorchi uyushmalari yetakchilari roʻyxatini tuzdi.
Bu roʻyxatga oʻzlariga soxta ismlar olgan va turli taqiqlangan tashkilotlarga aʼzo boʻlgan 40ga yaqin tarafdorlar kiritilgan.
Flag Frantsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.09.2021
Dunyoda
Frantsiya Afgʻonistondagi toliblar hukumatini tan olishdan bosh tortdi
Atto Nur ushbu roʻyxatni Dushanbeda 16-17 sentyabr kunlari boʻlib oʻtadigan SHHT sammiti boshlanishi avvalida taqdim etishga qaror qildi.
Jumladan, roʻyxatdan "OʻIH"*, "Sharqiy Turkiston IH"*, "Jamoat Ansarulloh"*, shuningdek, "ISHID" uyushmalari ishtirokchilari oʻrin olganlar.
Ushbu tashkilotlar jangarilari "Al-Qoida"* bilan hamkorlikda ayni vaqtda Afgʻonistonda hukumatni egallab olgan "Tolibon"* bilan hamkorlik qilishmoqda.
"Dunyoning jamiki mamlakatlari toliblar ushbu shaxslarni "islomiy birodarlar" deb atashlarini bilib qoʻyishsin", - deb bayonot qilgan Atto Nur.
Ministr inostrannыx del Kыrgыzstana Ruslan Kazakbayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Markaziy Osiyoda "Al-Qoida"* va "ID"*ning "uyqudagi yacheykalari" bor - Kazakbayev
Uning taʼkidiga koʻra, terroristik uyushmalar bilan hamkorlikdan voz kechish - "Tolibon"*ning jahon hamjamiyati oldidagi majburiyatlaridan biridir. Ammo hukumat tepasiga kelgan radikallar boshqa davlatlar chaqiriqlariga eʼtiborsiz boʻlishmoqda.
Siyosatchining soʻzlariga koʻra, ushbu tashkilotlar yetakchilari Afgʻonistonning Badaxshon provintsiyasida oʻrnashib olishgan. Uyushmalarning bosh rahbari esa Qozogʻiston fuqarosi, "Sharqiy Turkiston islom harakati" vakili Hoji-Furkan boʻladi.
Sal avval isteʼfodagi polkovnik Mahdiy Sobir yuqorida nomi tilga olingan tashkilotlar - "uyqudagi terrorchilik yacheykalari" boʻlib, toliblar buyrugʻiga koʻra, Markaziy Osiyo mamlakatlari xavfsizligiga tahdid solishlari mumkinligi haqida bayonot bergan edi.
* - RFda taʼqiqlangan terrorchi tashkilotlar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala