Iqtisod

“Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlari tashkil etiladi

© © Sputnik / Amir IsayevKPP "Patar" v Kanibadame, arxivnoye foto
KPP Patar v Kanibadame, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
1 oktyabrdan “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” postlari tashqi iqtisodiy faoliyati ishtirokchilarining elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini masofaviy rasmiylashtiradi.
TOSHKENT, 13 sen – Sputnik. “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.
Farmon bilan quyidagi hududlarda toifadan tashqari maqomga ega boʻlgan “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlari bosqichma-bosqich tashkil etiladi:
2021 yil 1 oktyabrdan Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari bojxona boshqarmalarida;
2022 yil 1 apreldan boshqa hududiy boshqarmalarda.
2021 yil 1 oktyabrdan “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” postlari tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) ishtirokchilarining elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini masofaviy rasmiylashtiradi.
Hujjatga asosan quyidagi bojxona postlari tugatiladi:
© Telegram / huquqiyaxborotHududlardagi 6 ta bojxona postlari tugatiladi
Hududlardagi 6 ta bojxona postlari tugatiladi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Hududlardagi 6 ta bojxona postlari tugatiladi
2021 yil 1 dekabrdan “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” Davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlarida:
veterinariya va fitosanitariya organlarining hujjatlarini “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali tekshiradi;
veterinariya va fitosanitariya organlarining tovar-transport hujjatlariga muhr bosish va roʻyxatga olish amaliyoti bekor qilinadi.
2022 yil 1 yanvardan: ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari TIF ishtirokchisiga 3 ish kuni davomida qaytariladi. Bundan tashqari, bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlashning eng kam muddati 14 kun etib belgilanadi va ushbu muddatda foizlar undirilmaydi.
Hujjat bilan davlat bojxona qoʻmitasi tizimida Markaziy bojxona laboratoriyasi tashkil etiladi. Laboratoriya Jahon bojxona tashkilotining “Mintaqaviy bojxona laboratoriyasi” maqomini olish choralari koʻriladi.
Laboratoriya nikotin saqlovchi mahsulotlar va spirtli ichimliklar tarkibini aniqlash, tovarlarni ekspertizadan oʻtkazish va sertifikatsiyalash bilan bogʻliq boshqa xizmatlarni koʻrsatadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala