Migratsiya

Moskvaga 200 ming ishchi migrant yetishmaydi – mer oʻrinbosari

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishRabochiye na stroitelnoy ploщadke
Rabochiye na stroitelnoy ploщadke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Vladimir Yefimov Moskvaga bugungi kunda 200 mingga yaqin ishchi migrant zarurligini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 13 sen – Sputnik. Moskva qurilishlarida 200 mingga yaqin ishchi yetishmaydi. Bu haqda shahar Moskva merining iqtisodiyot siyosati masalalar va mol-mulk yer aloqalari boʻyicha oʻrinbosari Vladimir Yefimov maʼlum qildi.

“Bugungi kunda Moskvaga 200 mingga yaqin migrant yetishmaydi. Va biz umid qilamizki, yaqin kunlarda ularning mamlakatga kirishiga boʻlgan cheklovlar yumshatiladi”, - dedi Yefimov qurilishlarda ishlayotgan migrantlar yetishmasligi muammosi haqidagi savolga javob berayotib.

Uning soʻzlariga koʻra, ishchi kuchi yetishmasligi quruvchilar xizmati narxining oshishiga olib keladi, chunki ular bir-biridan oldin ishchilarga ega chiqishga urinishadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonga Rossiya Mehnat vazirining oʻrinbosari Andrey Pudov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurgani xabar qilingandi. Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad qurilish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekistondan oʻn ming nafar mehnat migrantini charter poyezdlari orqali Rossiyaga olib ketishga kelishish.
Poyezd iz Uzbekistana na jeleznodorojnom vokzale v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Migratsiya
Oʻzbekistonlik migrantlar uchun Rossiyaga charter poyezdlar yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala