“O‘zbekiston madaniy merosi - Yangi renessans poydevori” kongressi o‘z ishini boshladi

© SputnikV Tashkente startoval V Mejdunarodniy kongress "Kulturnoe nasledie Uzbekistana - fundament novogo Renessansa"
V Tashkente startoval V Mejdunarodniy kongress Kulturnoe nasledie Uzbekistana - fundament novogo Renessansa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2021
Obuna bo‘lish
Kongressda dunyoning 46 mamlakatidan tashrif buyurgan 200 nafarga yaqin olim va mutaxassislar ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 13 sen – Sputnik. O‘zbekistonda “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasidaʼʼ xalqaro madaniy forumi va Madaniy meros haftaligi doirasida mamlakat madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi - Yangi renessans poydevori” kongressi bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Kongressda dunyoning 46 mamlakatidan tashrif buyurgan ikki yuzga yaqin olim va mutaxassislar, yetakchi sharqshunoslar, ekspertlar, tadqiqotchilar, qo‘lozmalar va miniaturalar bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etapti.
Xiva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2021
Xivada “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” forumi o‘tkaziladi
Unda nutq so‘zlagan YuNESKO bosh direktori o‘rinbosari Ernesto Ottone tashkilot bilan hamkorlikda O‘zbekiston o‘tkazilayotgan ushbu forum madaniy meroslarni saqlash, uni rivojlantirish borasida katta ishlarga yo‘l ochishini qayd etdi.
“O‘zbekiston katta boy madaniy merosga ega mamlakat hisoblanadi. Biz bu forumda, ayniqsa, Marg‘ilon va uning atrofidagi madaniy meros obyektlari, hunarmandchilikka alohida e’tibor qaratmoqchimiz. Ichan qal’adagi masjidni saqlab qolish ham e’tiborimiz markazida. Yana shuni alohida ta’kidlashni istardimki, madaniy merosni saqlash va rivojlantirishda madiniyat markazlarining roli katta ahamiyatga ega. Biz mamlakat rahbari bilan birgalikda madaniy merosni saqlash rivojlantirish tarafdorimizʼʼ, - dedi u.
Kongressda so‘zga chiqqanlar bu tashabbus juda muhim ekanligini ta’kidlashdi.
© SputnikV Tashkente startoval V Mejdunarodniy kongress "Kulturnoe nasledie Uzbekistana - fundament novogo Renessansa"
V Tashkente startoval V Mejdunarodniy kongress Kulturnoe nasledie Uzbekistana - fundament novogo Renessansa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2021
V Tashkente startoval V Mejdunarodniy kongress "Kulturnoe nasledie Uzbekistana - fundament novogo Renessansa"
Madaniy meros haftaligi doirasida o‘zbek san’atining jahon va mahalliy to‘plamlar saqlanayotgan durdonalariga bag‘ishlangan “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlaridaʼʼ turkumidagi 50 ta noyob kitob albom taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
© SputnikV Tashkente startoval V Mejdunarodniy kongress "Kulturnoe nasledie Uzbekistana - fundament novogo Renessansa"
V Tashkente startoval V Mejdunarodniy kongress Kulturnoe nasledie Uzbekistana - fundament novogo Renessansa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2021
V Tashkente startoval V Mejdunarodniy kongress "Kulturnoe nasledie Uzbekistana - fundament novogo Renessansa"
Yangiliklar lentasi
0