Jamiyat

Oʻzbekiston regionlarida IT-texnikumlar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

© AP Photo / Frank AugsteinPosetiteli mejdunarodnoy yarmarki igr v Kelne, Germaniya
Posetiteli mejdunarodnoy yarmarki igr v Kelne, Germaniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Oʻtgan hafta yakunida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida axborot texnologiyalari boʻyicha kadrlar tayyorlash va iqtidorli yoshlar bilan tizimli ishlash masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi
TOSHKENT, 13 sen - Sputnik. Oʻzbekistonning 14 ta hududida IT-texnikumlar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda bugun Milliy matbuot markazida oʻtkazilgan brifingda Oʻzbekiston prezidenti matbuot-kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Asadov, oʻtgan hafta yakunida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida axborot texnologiyalari boʻyicha kadrlar tayyorlash va iqtidorli yoshlar bilan tizimli ishlash masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilganini aytdi.
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.10.2019
Dunyoda
Oʻzbekiston bir million nafar dasturchi tayyorlaydi – Abdulla Aripov
Maʼlumki, 2019 yil noyabrda "Bir million dasturchi" loyihasi boshlangan edi. Hozirgacha bu loyiha doirasida 567 ming oʻgʻil-qiz bepul saboq oldi.
Yigʻilishda hali koʻp maktablarga, yoshlarga bu dastur yetib bormagani tanqidiy koʻrsatib oʻtildi, deya taʼkidladi prezident matbuot-kotibi.
"Davlatimiz rahbari birorta maktab “Bir million dasturchi” loyihasidan chetda qolmasligi kerakligini taʼkidladilar. Shuningdek, 14 ta hududda IT-texnikumlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish, shu sohada saboq beruvchi oʻquv markazlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha topshiriqlar berildi", - dedi Asadov.
Prezident vstretilsya s molodыmi programmistami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.01.2021
Jamiyat
Prezident Buxoroda yosh dasturchilar bilan suhbatlashdi
Yigʻilishdagi shuningdek, prezident va ijod maktablari hamda ixtisoslashgan maktablarda taʼlim-tarbiya sifatini oshirish haqida ham soʻz borgan.
Muallimlarining malakasini oshirib borish maqsadida Toshkent shahrida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi hamda Andijonda uning hududiy filiali tashkil etilishi yana bir xayrli tashabbus boʻldi, deya aniqlik kiritdi Asadov.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader