Video

Qarshiliklarga qaramasdan: “Shimoliy oqim-2” qurilishi toʻliq yakunlandi

Rossiya va Germaniya AQShning qarshiligiga qaramasdan "Shimoliy oqim-2"ni ishga tushirishga muvaffaq boʻldi.
Boltiq dengizida “Shimoliy oqim – 2” gaz quvurining soʻngi quvuri yotqizildi. Eng yirik loyihalardan biri nihoyat yakunlandi.
Tranzitdan tushadigan daromadni yoʻqotishdan qoʻrqqan Ukraina, shuningdek, suyultirilgan gazni Yevropaga sotishdan manfaatdor boʻlgan AQSH quvur qurilishiga faol qarshilik koʻrsatdi.
Magistral Rossiyadan Germaniyaga Boltiq dengizi tubi boʻylab yotqizilgan. Gaz quvurining ikkita liniyasining quvvati yiliga 55 milliard kubometrni tashkil qiladi.
Avvalroq “Bloomberg” nashri "Shimoliy oqim-2" birinchi oktyabrdan ishga tushishi haqida yozgandi. Gaz oʻtkazgichning ikkala quvuridan gaz haydash 1 dekabrga qadar boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala