Hodisalar

Surxondaryoda fojiali YTH: haydovchi 12 yoshli qizni urib yubordi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishLenta ograjdeniya i znak peshexodnogo perexoda
Lenta ograjdeniya i znak peshexodnogo perexoda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Sariosiyo tumanida “Matiz” haydovchisi yoʻlni kesib oʻtayotgan 12 yoshli qizning umriga zomin boʻldi.
TOSHKENT, 13 sen – Sputnik. Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida “Matiz” haydovchisi 12 yoshli qizni urib yubordi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar qildi.
Hodisa 11 sentyabr kuni soat 08:45 da N1583 Tortuli – Gazarak – Yorman avtomobil yoʻlida roʻy bergan. Yuqori tezlikda harakatlanayotgan “Matiz” avtomobili yoʻlni kesib oʻtayotgan qizni urib yuborgan. Shundan soʻng haydovchi boshqaruvni yoʻqotib, mashina yoʻl chetidagi daraxtga urilgan.
Oqibatda ogʻir tan jarohatlari olgan qiz shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, 1985 yilda tugʻilgan haydovchi va uning yonida boʻlgan yoʻlovchi ham shifoxonaga yotqizilgan.
Katalka dlya perevozki bolnыx - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2021
Hodisalar
Toshkentdagi YTHda tez yordam yoʻlovchisi qurbon boʻldi
Qayd etilishicha, ushbu yoʻl mahalliy ahamiyatga ega boʻlib, bu yerda harakat tezligi soatiga 70 kilometr boʻlishi kerak. Bu qismda dislokatsiyada piyodalar oʻtish yoʻlakchasi oʻrnatish koʻrsatilmagan. Hozirda bu yerda aholi gavjumligi hisobga olib, yoʻlakcha oʻrnatishga kelishib olingan.
Viloyat YHXB boʻlim boshligʻi Gʻayrat Turdiyevning soʻzlariga koʻra, ushbu joyda piyodalar yoʻlakchasi tashkil etish va tezlikni cheklovchi belgilar oʻrnatish yuzasidan Sariosiyo tuman hokimligiga soʻrovnoma kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala