Jamiyat

Surxondaryolik sportchi yigitning onasi prezidentga murojaat qildi: BP maʼlumot berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana
Zdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Ijtimoiy tarmoqlarda "Sportchi yigitning onasi Prezidentga murojaat qildi" nomli video-xabar tarqalgan.
TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda "Sportchi yigitning onasi Prezidentga murojaat qildi" nomli video-xabar tarqalgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, videoda koʻrsatilgan holatlar yuzasidan shu yil 29 may kuni Denov tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Kulak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Hodisalar
Surxondaryoda bir guruh shaxslar sportchiga hujum qildi
Tergov davomida 4 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 277-moddasi, 1 nafar shaxs ushbu Kodeksning 104, 277-moddalari bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, barchasiga "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tergov harakatlari tamomlanib, 5 nafar shaxslarga nisbatan boʻlgan jinoyat ishi 09.09.2021 yilda mazmunan koʻrib chiqish uchun jinoyat ishlari boʻyicha Denov tuman sudiga yuborilgan.
Shuningdek, jinoyat ishining 2 nafar ayblanuvchilarga nisbatan boʻlgan qismi alohida ish yurituviga ajratilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala