Hodisalar

Toshkentda sotuvchilar oʻrtasida pichoqbozlik bir kishining oʻlimi bilan yakunlandi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovNoj v rukax
Noj v rukax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
“Malika” savdo majmuasi oldida sotuvchilar oʻrtasida pichoqbozlik yuz berdi. Buning oqibatida 44 yoshli erkak oʻldi.
TOSHKENT, 13 sen – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi “Malika” savdo majmuasi oldida pichoqbozlik boʻlgani aytilgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, 12 sentyabr kuni taxminan soat 12:00 larda Shayxontohur tumani KHAY va Labzak koʻchalari kesishmasi yonida joylashgan kafening oldida "Malika" savdo majmuasida telefon savdosi bilan shugʻullanuvchi bir nechta fuqarolar oʻrtasida janjal yuzaga kelgan.
Janjal oqibatida 1977 yilda tugʻilgan T.B. koʻkrak qafasi sohasida sanchilib kesilgan jarohatlari bilan vafot etgan. Shuningdek, 1988 yilda tugʻilgan M.A. bir necha joyidan sanchilib kesilgan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga olib borilgan.
Draka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.09.2021
Hodisalar
Toshkentda haydovchi boshqa birining yonini olib, IIO xodimiga tan jarohati yetkazdi
“Jinoyatni sodir etishda gumonlanayotganlarni aniqlash, shuningdek, jinoyat guvohlari bilan tergov harakatlarini amalga oshirish uchun janjalda ishtirok etgan barcha shaxslar ichki ishlar boʻlimiga olib borilgan. Ushbu shaxslarni ichki ishlar boʻlimiga olib borish jarayoni aks etgan video, shuningdek, voqea joyini oʻrab olib koʻzdan kechirish jarayoni aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan”, - deyilgan xabarda.
Hozirda holat yuzasidan JKning 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala