Siyosat

Afgʻonistonning yangi hukumati Oʻzbekiston prezidentiga yordam uchun minnatdorlik bildirdi

© Press-slujba MID UzbekistanaNovoye pravitelstvo Afganistana vыrazilo blagodarnost prezidentu Uzbekistana za pomoщ
Novoye pravitelstvo Afganistana vыrazilo blagodarnost prezidentu Uzbekistana za pomoщ - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
Qayd etilishicha, Afgʻoniston xalqiga koʻmak koʻrsatish chaqiruviga Oʻzbekiston rahbari birinchilardan boʻlib eʼtibor qaratgani yaxshi qoʻshnichilikning namoyon boʻlishi sifatida baholangan.
TOSHKENT, 14 sen – Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afgʻonistonga yuborilgan gumanitar yuk haqida batafsil maʼlumot berdi.
Vazirlik xabariga koʻra, mazkur insonparvarlik yordami un, turli oziq-ovqat mahsulotlari, birlamchi zarur tovarlar, dori-darmonlar, kiyim-kechak va poyafzallardan iborat va bu oʻzbek xalqining birodar Afgʻonistonga koʻrsatayotgan xayrixohligining yana bir ifodasi.
“Marosimda soʻzga chiqqan Afgʻoniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihulla Mujohid butun afgʻon xalqi nomidan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga bugungi sinovli davrda mamlakatga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibori, qoʻllab-quvvatlashi va birdamligi uchun chuqur minnatdorlik bildirdi”, - deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, Afgʻoniston xalqiga koʻmak koʻrsatish chaqiruviga Oʻzbekiston rahbari birinchilardan boʻlib eʼtibor qaratgani, uning siyosatini koʻp millatli Afgʻoniston xalqi chinakam insonparvarlik, birodarlik va yaxshi qoʻshnichilikning namoyon boʻlishi sifatida baholangan.
Tadbirda soʻzga chiqqan Balx viloyati gubernatori Qudratillo Abu Hamza insonparvarlik yordami oʻz vaqtida berilibgina qolmay, balki alohida ehtiyoj ekanligini, bu esa xalqlar oʻrtasida asrlar osha davom etib kelayotgan tarixiy, madaniy va maʼnaviy aloqalarning yana bir isboti ekanligini taʼkidladi.
Situatsiya v gorodke Xayratan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston Afgʻonistonga 1,3 ming tonna insonparvarlik yordami joʻnatdi
Uning soʻzlariga koʻra, bu yordam aslida Afgʻonistonga pandemiya oqibatlarini bartaraf etishga, shuningdek, mamlakatda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan gumanitar va oziq-ovqat inqirozining oldini olishga xizmat qiladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Afgʻonistonga 1,3 ming tonna insonparvarlik yordami joʻnatgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala