Kovid ketdimi? Tojikistonda yangi kasallanish holati qayd etilmadi

© Sputnik / Amir IsayevJiteli goroda Dushanbe v zashitnix maskax na ulitse
Jiteli goroda Dushanbe v zashitnix maskax na ulitse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2021
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Tojikistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqaror. Eng ko‘p kasallanish Qozog‘istonda aniqlanmoqda.
TOShKENT, 14 sen – Sputnik. O‘tgan kun davomida Tojikistonda birorta ham koronavirus bilan kasallanish holati qayd etilmadi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi xabar berdi.
Shu tariqa Tojikistonda pandemiya boshlangandan buyon 17 084 ta COVID bilan kasallanish aniqlangan. Shundan 16 953 nafar bemor shifo topgan. 124 kishi virus qurboni bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda koronavirusning ikkinchi to‘lqini 2021-yil 21-iyun kuni e’lon qilingan. Joriy yil yanvarida esa mamlakat kasallik ustidan batamom g‘alaba qozonganini e’lon qilgan edi.

Markaziy Osiyodagi epidemologik vaziyat

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanmoqda. Aniqlanayotgan koronavirus bilan kasallanishning kunlik o‘sishi ketma-ket uchinchi kun 600 dan kam bo‘lmoqda. 15-avgustdan boshlab bu ko‘rsatkich 900 dan pasaydi, 29-avgustdan 800 dan, 2-sentabrdan 700 dan va 11-sentabrdan esa 600 dan pasaya boshladi.
Kecha, 13-sentabr kuni, 531 kishida kasallik aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 165 421 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 157 759 kishi tuzalib ketgan. Mamlakatda 1164 bemor koviddan vafot etgan.
Qirg‘izistonda o‘tgan kun davomida 82 kishida koronavirus tasdiqlangan. Bu virusni yuqtirib olganlar soni 177 308 nafarga yetgan. Shundan 171 650 nafari sog‘ayib ketgan. Qurbonlar 2576 kishini tashkil etmoqda.
Qozog‘istonda mintaqadagi boshqa mamlakatlaga qaraganda eng ko‘p kasallanish aniqlanmoqda. Kecha 2801 kishida kovid tasdiqlangan. Respublikada pandemiya boshlangandan buyon 845 388 kasallangan. Shulardan 766 435 nafari koronavirusni yengishga muvaffaq bo‘lgan. Jami 15 031 kishi o‘lgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Turkmanistonda hozirgacha koronavirus aniqlanmagan va hech kim vafot etmagan.
Yangiliklar lentasi
0