Jamiyat

“Milliy tiklanish” TikTok’ni Oʻzbekistonda butunlay bloklashni taklif qildi

TikTok - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
Partiya Navoiy shahridagi ikki oʻquvchi qizning TikTok ijtimoiy tarmogʻidagi qiligʻi taʼlim, huquq tartibot idoralari mutasaddilari va keng jamoatchilikka ogohlik qoʻngʻirogʻi boʻlishi darkor deb hisoblaydi.
TOSHKENT, 14 sen – Sputnik. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi oʻrinbosari Feruza Muhammadjonova TikTok ijtimoiy tarmogʻini butunlay bloklash taklifi bilan chiqdi.
Deputat Navoiy shahridagi ikki oʻquvchi qiz dars paytida TikTok ijtimoiy tarmogʻi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirga chiqib, nojoʻya soʻzlar ishlatgani jamoatchilikning haqli eʼtiroziga sabab boʻlganini taʼkidlaydi. Ushbu vaziyatni umumtaʼlim maktablarida maʼnaviy muhitning nosogʻlomligidan, tarbiya jarayonining yetarli darajada tashkil etilmayotganidan dalolat beruvchi ayanchli holat deb baholaydi.
“Afsuski, hozirda odob-axloqqa zid harakatlar media makonida urchib yotibdi. Koʻp holda videoroliklarning asosiy qahramonlari maktab oʻquvchilari ekanligi masalaga yechim beradigan va uning ijrosini taʼminlaydigan soha vakillarini chuqurroq oʻylantirishi kerak”, - deb yozadi Feruza Muhammadjonova.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bularni inobatga olgan holda quyidagi takliflarni ilgari surgan:
voyaga yetmaganlar tomonidan qilinadigan bunday xatti-harakatlarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish;
TikTok faoliyatini butunlay cheklash, chunki partiya bu tarmoqni bolalar uchun xavf maydoni deb hisoblaydi;
TikTok’ka oʻxshagan axborot manbalari hisobiga toʻgʻri kelayotgan infoepidemiyaning oldini olish uchun qonuniy choralarni kuchaytirish.
“Navoiyda soʻkongʻich qizlar bilan boʻlib oʻtgan hodisa nafaqat taʼlim, mahalla, huquq tartibot idoralari mutasaddilari, balki yoshlar tarbiyasiga bevosita masʼul tashkilotlarga va keng jamoatchiligimizga ogohlik qoʻngʻirogʻi boʻlishi darkor”, - deya xulosa qilgan partiya aʼzosi.
Prilojeniye TikTok - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda TikTok, "VKontakte" va Twitter'dan foydalanish cheklandi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala