Rossiya

Moskva sudi Facebook, Twitter va Telegramga yana jarima soldi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishSotsialnыe seti
Sotsialnыe seti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
Facebook 21 mln, Twitter - 5 mln, Telegram - 9 mln rublga jarimaga tortildi. Ushbu uch IT kompaniyalari jarimalarining umumiy miqdori 170 million rubldan oshdi.
TOSHKENT, 14 sen - Sputnik. Moskva shahar Mirovoy sudi Facebook Twitter va Telegram ijtimoiy tarmoqlarini yana jarimaga tortdi.
Facebook ijtimoiy tarmogʻini Rossiyada taʼqiqlangan kontentni oʻchirmagani uchun 21 mln rublga jarimaga tortdi, jarimalar umumiy summasi 90 milliondan oshdi.
Twitter ijtimoiy tarmogʻiga ham 5 mln rubl jarima solindi. Bugungi kunga qadar ushbu tarmoq jarimalari summasi 45 milliondan oshdi.
Telegram ham Rossiyada taʼqiqlangan axborotni oʻchirmagani uchun 9 mln. rubl toʻlaydigan boʻldi. Bugungi kunga qadar solingan jarimalar umumiy miqdori 35 mln rubldan oshib ketdi.
Maʼlumot uchun, ushbu jarimalar Rossiya Maʼmuriy qonunbuzarliklar toʻgʻrisidagi qonunining 13.41 bandiga muvofiq – Rossiya qonunchiligida belgilangan, Internet tarmogʻida joylashtirilgan maʼlumotni oʻchirmagani uchun solinmoqda.
Eslatib oʻtamiz, yaqinda Rossiya aloqa vazirligi va “Roskachestvo” agentligi Zoom va Skype videoaloqa xizmatlarining sifatini tekshirishni rejalashtiriayotganini maʼlum qilgan edi. Ushbu onlayn xizmatlar sifati belgilangan talablarga javob bermagan taqdirda ularni mahalliy muqobiliga almashtirish tavsiya etish rejalashtirilgan. Yandeks va Sberbank ana shunday xizmatlar ishlab chiqishga allaqachon kirishgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala