Migratsiya

Moskva viloyati gubernatori migrantlar yotoqxonasini yopish haqida topshiriq berdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin provel vstrechu s gubernatorom Moskovskoy oblasti A. Vorobyevыm
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s gubernatorom Moskovskoy oblasti A. Vorobyevыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyev migrantlar yashagan Bujaninovodagi yotoqxona yopilishini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyev migrantlar yashagan Bujaninovodagi yotoqxona bugun yopilishini maʼlum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Slujebnыy avtomobil vozle zdaniya Sledstvennogo komiteta RF v Moskve. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
Rossiya
Moskva viloyatida pensioner ayol zoʻrlab, oʻldirildi: ikki nafar migrant qoʻlga olindi
"Har yili bizga turli mamlakatlardan yuz minglab odamlar keladi. Ularning koʻpchiligi halol va vijdonan, non topish va oilalarini boqish uchun juda koʻp mehnat qilishadi. Biz buni tushungan holda munosabatda boʻlamiz. Lekin har qanday huquqbuzarliklar, ayniqsa migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga qatʼiy chek qoʻyish kerak va shunday boʻladi", - deb yozgan viloyat gubernatori Telegram-kanalida.
Uning soʻzlariga koʻra, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari yaqin kunlarda aholi oʻrtasida tashvish uygʻotadigan barcha joylarda tekshiruv oʻtkazadi.
Eslatib oʻtamiz, dushanba kuni 67 yoshli ayolning jasadi Sergiyev Posad yaqinidagi oʻrmonda zoʻravonlik belgilari bilan topilgan.
“Issiq izlar” boʻyicha ikki nafar migrant qoʻlga olindi - mahalliy hokimiyat maʼlumotlariga koʻra, ular Tojikiston fuqarolari. Kuni kecha kechqurun qotillik sodir etilgan Bujaninovo qishlogʻining aholisi yigʻilib, gastarbayterlar yashaydigan yotoqxonani yopishni talab qilishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala