Moskva viloyati gubernatori migrantlar yotoqxonasini yopish haqida topshiriq berdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel vstrechu s gubernatorom Moskovskoy oblasti A. Vorobyevim
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s gubernatorom Moskovskoy oblasti A. Vorobyevim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2021
Obuna bo‘lish
Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyev migrantlar yashagan Bujaninovodagi yotoqxona yopilishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyev migrantlar yashagan Bujaninovodagi yotoqxona bugun yopilishini ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Slujebniy avtomobil vozle zdaniya Sledstvennogo komiteta RF v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2021
Moskva viloyatida pensioner ayol zo‘rlab, o‘ldirildi: ikki nafar migrant qo‘lga olindi
"Har yili bizga turli mamlakatlardan yuz minglab odamlar keladi. Ularning ko‘pchiligi halol va vijdonan, non topish va oilalarini boqish uchun juda ko‘p mehnat qilishadi. Biz buni tushungan holda munosabatda bo‘lamiz. Lekin har qanday huquqbuzarliklar, ayniqsa migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga qat’iy chek qo‘yish kerak va shunday bo‘ladi", - deb yozgan viloyat gubernatori Telegram-kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari yaqin kunlarda aholi o‘rtasida tashvish uyg‘otadigan barcha joylarda tekshiruv o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni 67 yoshli ayolning jasadi Sergiyev Posad yaqinidagi o‘rmonda zo‘ravonlik belgilari bilan topilgan.
“Issiq izlar” bo‘yicha ikki nafar migrant qo‘lga olindi - mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, ular Tojikiston fuqarolari. Kuni kecha kechqurun qotillik sodir etilgan Bujaninovo qishlog‘ining aholisi yig‘ilib, gastarbayterlar yashaydigan yotoqxonani yopishni talab qilishdi.
Yangiliklar lentasi
0