Siyosat

Oʻzbekiston prezidenti lavozimi uchun kimlar kurashishi aniq boʻldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovIzbiratelnaya urna na parlamentskix vыborax v Uzbekistane
Izbiratelnaya urna na parlamentskix vыborax v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
MSK yana uchta siyosiy partiya - XDP, “Adolat”, OʻzLiDeP, nomzodlarini Oʻzbekiston prezidentligiga nomzodlar sifatida roʻyxatga oldi. Mazkur siyosiy partiyalar tegishli hujjatlar va nomzodlarni qoʻllab-quvvatlovchi imzo varaqalari taqdim etishgan.
TOSHKENT, 14 sen – Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi XDPdan Maqsuda Vorisova, “Adolat” SDPdan Bahrom Abduhalimovni, OʻzLiDePdan Shavkat Mirziyoyevni Oʻzbekiston prezidentligiga nomzodlar sifatida roʻyxatga oldi. Bu haqda MSKning navbatdagi majlisi maʼlum qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Taʼkidlanishicha, joriy yilning 9-10 sentyabr kuni mazkur siyosiy partiyalar tomonidan tegishli hujjatlar va mamlakat prezidentligiga koʻrsatilgan nomzodlarni qoʻllab-quvvatlovchi imzo varaqalari taqdim etilgan. Ekspert guruhining xulosasiga asosan taqdim etilgan imzo varaqalari nomzodlarni roʻyxatga olish uchun yetarli miqdorda toʻplangan va qonun talablariga mos keladi.
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Maqsuda Vorisovani qoʻllab-quvvatlovchi jami 225 mingdan ortiq saylovchining imzosi toʻplangan.
Oʻzbekiston “Adolat” Sotsial demokratik partiyasidan nomzod Bahrom Abduhalimovni qoʻllab-quvvatlovchi jami 213 mingdan ortiq saylovchining imzosi toʻplangan.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyevni qoʻllab-quvvatlovchi jami 300 mingdan ziyod saylovchining imzosi toʻplangan.
Golosovaniye na parlamentskix vыborax v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2021
Siyosat
Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatiga kiritilgan fuqarolar soni ochiqlandi
Nomzodlar roʻyxatga olinganidan keyin besh kunlik muddatda tegishli saylov komissiyasi roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisidagi xabarni nomzodning familiyasini, ismini, otasining ismini, tugʻilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini (mashgʻulotining turini), ish va yashash joyini, shuningdek uni nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiyani koʻrsatgan holda eʼlon qiladi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPoliticheskim partiyam vыdanы razresheniya na registratsiyu kandidatov v prezidentы Uzbekistana
Politicheskim partiyam vыdanы razresheniya na registratsiyu kandidatov v prezidentы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
Politicheskim partiyam vыdanы razresheniya na registratsiyu kandidatov v prezidentы Uzbekistana
11 sentyabr kuni MSK Milliy tiklanish partiyasidan Alisher Qodirovni hamda Ekologik partiyadan Narzulla Oblomuradovni prezidentlikka nomzod sifatida roʻyxatga olgan edi. Shu tariqa bu yilgi prezident saylovlarida kimlar etishi aniq boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, navbatdagi Oʻzbekiston prezidenti saylov 2021 yilning 24 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi. Saylovga 40 kun qoldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader