Jamiyat

Oʻzbekistonda seysmik xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisida qonun qabul qilindi

Lava - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
Qonunga koʻra, kuchli zilzilalar natijasida yetkazilgan zararni baholashga doir ishlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
TOSHKENT, 14 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi.
Qonunga koʻra, seysmik xavfsizligi taʼminlanadigan obʼyektlar ahamiyatiga koʻra quyidagi toifalarga boʻlinadi:
I toifa – xavflilik omili past boʻlgan obʼyektlar;
II toifa – xavflilik omili oʻrtacha boʻlgan obʼyektlar;
III toifa – xavflilik omili yuqori boʻlgan obʼyektlar;
IV toifa – xavflilik omili juda yuqori boʻlgan obʼyektlar.
Oʻzbekiston hududida seysmik xavfni baholash Fanlar akademiyasi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Seysmik faol zonalarda joylashgan, qurilish normalari va qoidalariga muvofiq loyihalashtirilgan hamda qurilgan II–IV toifadagi obʼyektlar har 5 yilda zilzilabardoshlikka doir vizual tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Seysmik faol zonalarda joylashgan III–IV toifadagi obʼyektlar har 10 yilda zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazilishi lozim.
Seysmik faol zonalarda yangi qurilgan III–IV toifadagi obʼyektlar ishga tushirilayotganda zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvdan majburiy tartibda oʻtkaziladi.
IV toifadagi obʼyektlarga taalluqli suv omborlari toʻgʻonlarida va gidroelektrostantsiyalarda instrumental-texnik tekshiruvlar bir yilda ikki marta oʻtkaziladi.
Seysmograf, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2021
Jamiyat
Namanganda 4 balli zilzila sodir boʻldi
Suv omborlari toʻgʻonlarining instrumental-texnik tekshiruvlari seysmik faol hududlarda sodir boʻlgan har bir kuchli zilziladan keyin majburiy tartibda oʻtkaziladi.
Qonunga koʻra, kuchli zilzilalar natijasida yetkazilgan zararni baholashga doir ishlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala