Jamiyat

Prezident transplantologiya sohasini rivojlantirishni topshirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na prezentatsii itogov razvitiya xirurgicheskoy slujbы
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na prezentatsii itogov razvitiya xirurgicheskoy slujbы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
Moliya vazirligiga transplantolog jarrohlarga ish haqini tabaqalashtirilgan tarzda toʻlash tizimini joriy qilish vazifasi qoʻyildi.
TOSHKENT, 14 sen - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda organlar transplantatsiyasi boʻyicha jarrohlik amaliyotlarni rivojlantirish vazifasi qoʻydi.
Xabarda aytilishiga koʻra, Oʻzbekistonda yiliga 500 nafar bemor jigar, 1 ming 500 nafar kishi buyrak transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligini bildirmoqda. Lekin bunga hozirgi kunda jarrohlik boʻlimlarining jihozlanishi va malakali mutaxassislar yetishmasligi hamda immunogenetik tekshiruvlar laboratoriyasi yoʻqligi toʻsiq boʻlmoqda.
Ushbu munosabat bilan Shavkat Mirziyoyev, ilgʻor texnologiyalar asosida tashxis qoʻyish, operatsiya qilish va davolash boʻyicha mutaxassislar tayyorlash, chet ellardagi yetakchi tibbiyot muassasalariga malaka oshirishga yuborish zarurligini taʼkidladi.
Shuningdek, moliya vazirligiga bu maqsadlar uchun zarur mablagʻ ajratish, transplantolog jarrohlarga ish haqini tabaqalashtirilgan tarzda toʻlash tizimini joriy qilish vazifasi qoʻyildi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda yiliga oʻrtacha 750 mingta jarrohlik amaliyoti bajariladi. Respublika tibbiy markazlarida amalga oshirilayotgan operatsiyalar turi 350 taga, viloyat markazlarida 130 taga, tuman shifoxonalarida 60 taga yetdi. Undan tashqari 32ta shifoxonada zamonaviy endovaskulyar xirurgiya boʻlimlari tashkil etilgan.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bu yoʻnalishdagi asosiy muassasadir. Hududlarda uning 14 ta filiali faoliyat yuritmoqda.
Undan tashqari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida kardiojarrohlik, transplantologiya va neyro-qon-tomir jarrohligi boʻlimlari uchun yangi bino qurilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala