Putin Bashar Asad bilan uchrashuv o‘tkazdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishVstrecha prezidenta RF V. Putina s prezidentom Sirii B. Asadom
Vstrecha prezidenta RF V. Putina s prezidentom Sirii B. Asadom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2021
Obuna bo‘lish
Bashar Asad Moskvaga tashrif buyurdi va Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda terrorchilikka qarshi kurash va vaksinalar haqida so‘z yuritildi.
TOShKENT, 14 sen - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya prezidenti Bashar Asad bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Sizni Moskvada yana bir bor ko‘rishdan xursandman. Avvalombor sizni yaqinda bo‘lib o‘tgan tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman”, - dedi Vladimir Putin uchrashuv boshida.
Shundan so‘ng Rossiya prezidenti Bashar Asadni yaqinda yakunlangan saylovlarning ijobiy natijasi bilan qutlab, Suriya aholisi mamlkatda urushlardan so‘ng sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlarni va tinch hayotgan qaytish jarayonini uning nomi bilan bog‘layotganini qayd etdi.
Mamlakatni butunlay tiklashga u yerda bo‘lib turgan xorijiy qurolli kuchlar xalal berayotganini aytib o‘tdi.
“Menimcha hozir bosh muammo bu xorijiy kuchlarning BMT ruxsati va sizning sanksiyalaringizga ega bo‘lmasdan turib, mamlakat hududida bo‘lib turganidadir. Buxalqaro huquqqa zid va mamlkatni tezkor ravishda to‘liq tiklashga xalal bermoqda”, - dedi Rossiya yetakchisi.
Undan tashqari ayrim hududlarda terrorchi va jangarilar haligacha borligi bilinayotganini va ular tinch aholiga tayziq o‘tkazayotganini ham aytib o‘tdi. Lekin shunga qaramasdan qochqinlar o‘z uylariga qaytayotgani va ularni tiklashga harakat qilayotgani ham qayd etildi.
Bashar Asad Suriyadagi muvaffaqiyatlar Rossiya va Suriya qurolli kuchlari birgalikda erishgan muvaffaqiyati ekanini tan oldi.
Situatsiya v naselennom punkte ad-Deyr ash-Sharkiy v Sirii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2021
Xuddi o‘z uyidagidek: Turkiya Suriya shimolini egallab olmoqda
“Rossiya va Suriya armiyalari birgalikda nafaqat egallab olingan hududlarni tozalashda balkim terrorchilikni yo‘q qilishda, o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan qochqinlarni qaytarishda katta muvaffaqiyatlarga erishishdi”, - dedi Suriya prezidenti.
Bashar Asad xalqaro terrorchilik chegara bilmasligini va butun dunyoga tarqalayotganidan afsusda ekanini qayd etdi. Insoniyatni ushbu balodan qutqarishda Suriya va Rossiya katta hissa qo‘shishdi, dedi Asad.
Rossiya prezidenti hamkasabasi fikriga qo‘shildi va ikki armiya birgalikda terrorchilarga kuchli zarba berganini qayd etdi.
“Biz birgalikda Suriyaning aksariyat hududlarini terrorchilardan tozaladik va ularga kuchli zarba berdik. Hozirgi kunda Suriya hukumati mamlakatning 90% hududini nazorat qilmoqda”, - dedi Putin.
Suhbat davomida prezidentlar COVID-19ga qarshi kurash va Rossiya vaksinalari haqida ham so‘zlashdilar.
Rossiyaning "Sputnik V" va "Sputnik Layt" vaksinalarining ilk partiyasi Suriyaga yetkazib berilgani ham qayd etildi. Suriya prezidenti alohida davlatlar va ayrim xalqaro tashkilotlar tomonidan Suriyaga nisbatan kiritilgan cheklovlarni – niqonuniy va g‘ayriinsoniy deb atadi.
Yangiliklar lentasi
0