Rossiya

Putin karantinga ketishi mumkin

© Sputnik  / Fotobankka oʻtishTranslyatsiya pryamoy linii s prezidentom RF V. Putinыm
Translyatsiya pryamoy linii s prezidentom RF V. Putinыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
Rossiya prezidenti tez orada karantinga ketib qolishi ehtimoli haqida eʼlon qildi
TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin karantinga ketishi mumkin. Davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, uning atrofidagi aksariyat odamlar koronavirus bilan bemorlangan.
Putin bu haqda Kremlda paralimpiyachilar bilan oʻtkazilgan uchrashuv vaqtida maʼlum qildi.
"Mening atrofimda kovid bilan bogʻliq muammolar paydo boʻlmoqda. U yerda nimalar roʻy berayotganiga aniqlik kiritish lozim. Oʻylashimcha, meni oʻzim tez orada karantinga ketaman. Atrofda koʻp odamlar kasallanmoqda", - deb taʼkidladi Rossiya prezidenti.
Prezident RF V. Putin prinyal uchastiye v otkrыtii pamyatnika imperatoru Aleksandru III - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
Siyosat
Putin Sputnik V bilan emlanganini tan oldi
Iyul oyi boshida prezident matbuot-kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarning davlat rahbari oʻz ishchi safarlari vaqtida koronavirusga chalinishi xavfi mavjudmi degan savolga javob berdi.
Kreml vakili soʻzlariga koʻra, Putinning barcha tashriflari epidemiologik talablarni hisobga olgan holda boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, iyun oyi oxirida boʻlib oʻtgan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot vaqtida RF prezidenti Rossiyada ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaktsinasi bilan emlangani haqida xabar bergan edi.
Putinning soʻzlariga koʻra, emlangandan soʻng unda bir oz harorat koʻtarilgan, shuningdek, ukol qilingan joyda noqulaylik sezilgan.
Emlangandan soʻng Putin bir necha kunga sport mashgʻulotlaridan voz kechishiga toʻgʻri kelgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala