Putin o‘zini o‘zi yakkalash tartibiga o‘tdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPramaya liniya s prezidentom RF Vladimirom Putinim
Pramaya liniya s prezidentom RF Vladimirom Putinim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2021
Obuna bo‘lish
Peskov yoz oxirida Rossiya prezidenti bilan muloqotga bo‘layotgan har bir kishi jiddiy tekshiruvdan o‘tayotganini ma’lum qilgan edi.
TOShKENT, 14 sen - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin atrofida aniqlangan COVID-19 holatlari tufayli o‘zini o‘zi yakkalash tartibiga o‘tdi, deb xabar qildi uning matbuot kotibi.
Dmitriy Peskov aytishiga ko‘ra, Rossiya prezidenti bilan muloqotda bo‘lgan bir necha kishi koronavirusga chalingan. Shundan so‘ng Putin test topshirgan.
“Prezident mutlaq sog‘lom. O‘zini-o‘zi yakalash tartibi prezidentning ish faoliyatiga umuman xalal bermaydi. U videokonferensiya tartibida ishlashda davom etadi”, - dedi Kreml vakili.
Ushbu voqealardan oldin Vladimir Putin Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchilari bilan muloqotda bo‘lgan vaqtida, uning atrofida bir necha kishi koronavirusga chalinganini va “aslida nima bo‘layotganini bilish kerakligi” haqida gapirib bergan va “balkim o‘zim ham yaqinda karatntinga o‘tsam kerak” degan edi.
Peskov izoh berishiga ko‘ra, Rossiya prezidenti bahorda "Sputnik V" vaksinasi bilan emlangan va shundan so‘ng unda antitanachalar miqdori yaxshi daradjada saqlanib turgani haqida bir necha bor xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Peskov yoz oxirida Rossiya prezidenti bilan muloqotga bo‘layotgan har bir kishi jiddiy tekshiruvdan o‘tayotganini va kerak bo‘lganda ayrimlar karantinga yuborilayotgani xabar qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0