Jamiyat

Qurbonov: qonunchilikda emlanmagan xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish belgilangan

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaBotir Kurbonov
Botir Kurbonov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
Oʻzbekistonda 18 yoshdan oshgan 14 ta toifadagi fuqarolar koronavirusga qarshi emlanishi shart etib belgilangan.
TOSHKENT, 14 sen – Sputnik. Oʻzbekiston qonunchiligida vaktsina olmagan xodim bilan mehnat shartnomasi bir tomonlama bekor qilinishi belgilab qoʻyilgan. Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Botir Qurbonov maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda xalq bilan bevosita muloqotda boʻladigan barcha toifadagi soha vakillari 1-sentyabrga qadar vaktsinaning 1- dozasi, 1-oktyabrga qadar 2-dozasi, oʻzbek-xitoy vaktsinasi boʻlsa, 1-noyabrga qadar 3- dozasi bilan toʻliq emlangan boʻlishlari kerak.
“Agar qaysidir korxona xodimi koʻrsatilgan tartibda vaktsina olmagan boʻlsa, mehnat qonunchiligiga mos ravishda ushbu shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bir tomonlama bekor qilinishi belgilab qoʻyilgan. Shu tariqa tashkilot rahbari jamoa orasida kasallik tarqalishiga masʼul hisoblanadi”,- deydi Botir Qurbonov.
Maʼlumot oʻrnida, bugungi kungacha mamlakatga 24 million dozadan ortiq vaktsina keltirildi. Shu kungacha qoʻllanilgan vaktsinalarning 79 foizi – ZF -UZ-VAC2001, 14 foizi – Moderna, 5 foizi – AstraZenesa, 2 foizi – "Sputnik V" vaktsinalaridir.
Medik gotovit shprits s vaktsinoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Jamiyat
Koronavirusga qarshi emlashga vaqtinchalik va doimiy monelik qiluvchi holatlar belgilandi
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 18 yoshdan oshgan 14 ta toifadagi fuqarolar koronavirusga qarshi emlanishi shart etib belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala