Samarqandda elektromobillarni tezkor zaradlash qurilmasi paydo bo‘ldi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishElektromobil "Kama-1"
Elektromobil Kama-1 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2021
Obuna bo‘lish
Toshkent va Samarqand shaharlarida elektromobillarni tezkor zaradlash qurilmalari samarali ishlashi to‘liq ta’minlangan holda kelgusida Respublikaning barcha hududlarida yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 14 sen - Sputnik. Kecha, 13-sentabr kuni Samarqand shahrida joylashgan 89-sonli "Samarqand-2" nomli AYoQShda elektromobillarni tezkor zaradlash qurilmasi o‘rnatildi, deb xabar bermoqda "O‘zbekneftgaz" AJ matbuot xizmati.
Endi samarqandlik elektromobil egalari ushbu qurilmadan uzluksiz foydalanishlari mumkin, deb yozadi nashr.
Pekinskiy mejdunarodniy avtosalon Auto China - elektromobil Good Cat ot Ora, brenda Great Wall Motors - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
Yetti oyda O‘zbekistonga 432 ta elektromobil olib kelindi
Ta’kidlanishicha, Toshkent va Samarqand shaharlarida elektromobillarni tezkor zaradlash qurilmalari samarali ishlashi to‘liq ta’minlangan holda kelgusida Respublikaning barcha hududlarida yo‘lga qo‘yiladi.
Elektromobillar bir qancha afzalliklarga ega bo‘lib, dvigateli atrof-muhitga zararli gazlarni chiqarmasligi hisobiga atrof-muhit ifloslanishi kamayishiga olib keladi va dvigateli elektr energiyasidan (muqobil energiyalar hisobiga) quvvat olishi sababli an’anaviy yonilg‘i sarfini kamaytiradi.
Shu boisdan tezkor zaradlash qurilmalarini "O‘zbekneftgaz" AJ "UNG Petro" korxonasiga qarashli AYoQShlarning barchasida o‘rnatilishi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0