Sirdaryoda yoqib yuborilgan ayol jasadi topildi

Obuna bo‘lish
Ushbu qotillikni sodir etishda gumon qilinayotgan besh kishi hibsga olingan.
TOShKENT, 14 sen – Sputnik. Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida ayol kishining jasadi topildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Jasad 10-sentabr kuni soat 13:50 da "Dehqonobod" MFY hududidagi dala maydoni chetidagi butalar orasidan yoqib yuborilgan holda topilgan.
Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2021
Pastdarg‘om kanalidan 17 yoshli qizning jasadi topildi - prokuratura jinoyat ishini ochdi
Olib borilgan tezkor surushtiruvi davomida noma’lum murdaning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Ushbu qotillikni sodir etgan shaxslar S.K. hamda uning jinoiy sheriklari L.K., S.M., B.D. va J.M. ekani aniqlangan. Hozir ular qamoqqa olingan.
Ushbu ayblanuvchilarning bu qotillikka qo‘l urishi sabablari ochiqlanmagan.
Hozirda Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "j" bandi (o‘ta shafqatsizlik bilan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0