Tojikiston AQSh elchisiga Bayden gaplari tufayli norozilik notasini topshirdi

© Sputnik / Amir IsayevZdanie MID Tadjikistana
Zdanie MID Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2021
Obuna bo‘lish
Avvalroq Jo Bayden Tojikistonda ham odamlar Kobuldagi kabi Amerika samolyotiga osilib olgan bo‘lishini aytgandi.
TOShKENT, 14 sen – Sputnik. AQShning Tojikistondagi elchisi Djon Mark Pommershaymga prezident Jo Bayden gaplari tufayli norozilik notasi topshirildi. Bu haqda Tojikiston TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“AQSh elchisiga Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti janob Jo Baydenning Pensilvaniyadagi yong‘in qismiga tashrifi davomida aytgan gaplari tufayli norozilik notasi topshirildi”, - deyilgan vazirlik bayonotida.
Ta’kidlanishicha, bunga o‘xshash gaplar “do‘stlik va hamkorlik kayfiyatiga” mos kelmaydi.
Shu bilan birga TIV Tojikiston AQSh bilan ikki tomonlama munosabatlarni o‘zaro yordam va hurmat ruhi asosida rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uy rahbari AQSh o‘z tarafdorlarini Tojikistondan olib chiqishga qaror qilganida, bu mamlakatda ham Afg‘onistondagi kabi odamlarning samolyot shassilariga osilib olishi holatlari kuzatilgan bo‘lishi mumkinligini aytgandi.
“Agar biz Tojikistonda bo‘lganimizda ham, C-130 (harbiy transport samolyoti)ni qo‘ndirgan bo‘lardik va har qanday tarzda biz bilan ishlagan kishilarning barchasiga ushbu samolyotga chiqishga ruxsat berishimizni aytardik, shunda shassiga yopishib oladigan odamlar ham uchrar edi", — degan Amerika yetakchisi.
Shu tariqa Bayden Afg‘onistondagi o‘z xatti-harakatlarini oqlashga uringan.
Afgansi v aeroportu v ojidanii vileta iz Kabula  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2021
AQSh Qobuldan ko‘tarilgan samolyot shassisida odam qoldiqlari aniqlanganini tasdiqladi
Yangiliklar lentasi
0