Hodisalar

Toshkent shahrida dzyudochi Kamoliddin Rasulov oʻldirildi

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnыx organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnыx organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
Xodisaga ikki sportchi oʻrtasida kelib chiqqan janjal sabab ekanligi aytilmoqda.
TOSHKENT, 14 sen – Sputnik. Qashqadaryolik dzyudochi Kamoliddin Rasulov Toshkent shahar Uchtepa tumanida pichoqlab oʻldirildi. Bu maʼlumotni Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga dzyudo federatsiyasi matbuot-kotibi tasdiqladi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi bergan maʼlumotlarga koʻra voqea 13-sentyabr 21:30 da sodir boʻlgan.
Aytilishicha, 30 yoshli ayblanuvchi Kamoliddin Rasulovga telefon qilib, undan xarid qilib olgan vitaminni uning tavsiyasiga koʻra ichgani, buni natijasida shifokorlar unga tuzalmas dardga chalinganligini aytishgani haqida gapirib, K. Rasulovni uchrashib olishga chaqirgan.
Master sporta Elbek Raximov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Hodisalar
MMA jangchisi Elbek Rahimov oʻldirib ketildi: 6 kishi qamoqqa olindi
Ikki tanish koʻrishganda, oʻrtada janjal chiqqan va ayblanuvchi K. Rasulovga oʻzi bilan olib kelgan oshxona pichogʻi bilan bir necha marta zarba bergan. Jarohat chuqur boʻlganligi bois, jabrlanuvchi vafot etgan. Ayblanuvchiga nisbatan qasddan odam oʻldirganlik aybi qoʻyilib, xibsga olingan va hozirda tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, Kamoliddin Rasulov 2019 yilgi Toshkent Gran-Pri turnirining kumush medali sovrindori, Oʻzbekiston terma jamoasiga nomzod sportchi, xalqaro toifadagi sport ustasi.
Kuni kecha eʼlon qilingan IJF reytingida 81 kg vazn toifasida 34- oʻrinni egallagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala