Ahmad Mas’udni Yevropaga taklif qilishdi

© REUTERS / MOHAMMAD ISMAILAxmad Masud
Axmad Masud - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2021
Obuna bo‘lish
Niderlandiya deputati Bart Grutxeys Yevropa parlamenti sessiyasida shunday tashabbus bilan chiqdi.
TOShKENT, 15 sen – Sputnik. Yevropa parlamenti Panjsherdagi “Tolibon”*ga qarshi kuchlar yetakchisi Ahmad Mas’udni Yevroparlament va Yevropa Ittifoqi kengashi sessiyalariga taklif qilishni ko‘zda tutuvchi Afg‘onistonga oid rezolyutsiyani qabul qildi.
Niderlandiya deputati Bart Grutxeys Yevropa parlamenti sessiyasida shunday tashabbus bilan chiqqan.
“Keling, afg‘on qarshilik kuchlarining botir yetakchisini xuddi 20-yil avvalgidek uning afsonaviy otasi kabi Yevropa parlamentiga taklif qilaylik. Afg‘oniston uchun yorqin kelajakka bo‘lgan umid hali so‘nmagan”, — dedi Grutxeys o‘z chiqishi davomida.
Aamaj News agentligi Afg‘oniston milliy qarshilik ko‘rsatish fronti Tashqi aloqalar bo‘limi boshlig‘i Ali Maysam Nazariy so‘zlarini keltirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Yevropa parlamenti milliy qahramon Ahmad Shoh Mas’udning kurashini yuqori baholagan va otasining vorisi deb tan olgan”.
Shu bilan birga, hozircha Panjsherdagi kuchlar yetakchisi bu taklifni qabul qilishi yoki qilmasligi haqidagi ma’lumot yo‘q.
نن په کابل کې چاودنه شوي چې ګڼ شميرخلګو ته يي مرګ ژوبله اړولې ده - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2021
Ismoil-Xon: Ashraf G‘ani afg‘on armiyasiga toliblarga taslim bo‘lishni buyurgan
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda toliblarga qarshi milliy qarshilik ko‘rsatish kuchlari tashkil etilgan. Unga mashhur afg‘on dala qo‘mondoni Ahmad Shoh Mas’udning o‘g‘li kichik Ahmad Mas’ud rahbarlik qilmoqda.
Ularga Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrullo Soleh va marshal Abdul Rashid Do‘stum qo‘shilgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0