Jamiyat

"Amirsoy" yaqinida 700 tup daraxt kesib tashlandi - Rasul Kusherbayev

© Rasul KusherbayevVыrubka derevyev v kurortnoy zone "Amirsay" pod Tashkentom
Vыrubka derevyev v kurortnoy zone Amirsay pod Tashkentom  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Prezident tomonidan kiritilgan moratoriyga qaramasdan "Amirsoy" dam olish maskani yaqinida 700 tup koʻp yillik daraxtlar kesib tashlandi.
TOSHKENT, 15 sen - Sputnik. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi "Amirsoy" kurort zonasi maʼmuriyatining yaqinda naqd 700 tup qimmatbaxo daraxtlar kesib tashlandi, deb xabar qilmoqda oʻz telegram kanalida OʻzLiDeP deputati Rasul Kusherbayev.
"Ayni damda ushbu holat boʻyicha Ekologiya qoʻmitasi tomonidan materiallar prokuraturaga taqdim etilgan. Bu ish imi-jimida yopilib ketmasligi kerak. Gap ortga qaytarib boʻlmaydigan 700 tup daraxt va salkam 400 million soʻmlik tabiatga yetkazilgan zarar haqida ketmoqda", - deydi deputat.
Baʼzan "tushunmay daraxt kesib qoʻyibdi", degan bahonalarni eshitib qolamiz, lekin hamma narsadan xabari bor, nufuzli tashkilotdagilarning ham qonunlarga tupurib qoʻyganini qanday tushunish mumkin?!, - deb kuyunadi deputat.
Shuncha gapdan keyin ham har xil baxonalar bilan daraxtkesarlik davom etmoqda. Buncha katta "dux" qayerdan paydo boʻldi, - deb yozadi deputat.
Axir, daraxlar soyasi va koʻrki boʻlmasa ushbu togʻ maskaniga ayrim dam oluvchilar bormay qoʻyishi ham mumkin-ku? Nahotki maʼsullar shuni tushunishmaydi?
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda prezident farmoni bilan oʻrmon fondiga kirmaydigan qimmatbaho daraxtlar va butalarni kesishga 2024 yilga qadar moratoriy oʻrnatilgan. Lekin shunga qaramasda goh u viloyatda goh poytaxt Toshkentda koʻp yillik daraxtlarni turli bahonalarda kesib tashlash holatlari uchramoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader