Bir kishining jinoyati butun xalq va dinga yomon munosabatda bo‘lishga bahona emas – imom

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishOnlayn-konferensiya v preddverii Kurban-bayrama v ramkax proyekta "Religiya i mirovozzrenie"
Onlayn-konferensiya v preddverii Kurban-bayrama v ramkax proyekta Religiya i mirovozzrenie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2021
Obuna bo‘lish
Denis Muxutdinovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva viloyatidagi musulmonlar shaharlar hayotida faol ishtirok etadi. Boshqa dindagi aholi ularning yaxshi ishlarini ko‘rishmaydi.
TOShKENT, 15 sen – Sputnik. Jinoyat sodir etgan migrantlarga bo‘lgan munosabat butun xalq hamda ularning diniga yoyilmasligi kerak. Bu haqda Moskva viloyati Musulmonlar mustahib yig‘ilishi mustahib imomi Denis Muxutdinov ma’lum qildi.
Imomning so‘zlariga ko‘ra, u nega mahalliy aholi yuzaga kelgan vaziyatdan norozi ekanini tushunadi, ammo yomon millat yo‘qligi, balki yomon odamlarda har yerda borligini unutmaslik darkor.
“Bu umuman millatni ayblash va butun xalqqa salbiy munosabatda bo‘lish va, ko‘pincha kuzatiladigandek, bu xalq diniga, islomga salbiy munosabatda bo‘lishga bahona emas”, - dedi Muxutdinov RIA Novosti bilan suhbatda.
U Moskva viloyatidagi musulmonlar shaharlar hayotida faol ishtirok etishi va boshqa dindagi aholi ular faoliyatining “yaxshi tomonlarini ko‘rmasliklariga” hayron qolishini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Moskva viloyatida Sergeyev Posad shahri yaqinidagi o‘rmonda 67 yoshli ayolning jasadi topildi. Ayolning o‘limida gumon qilingan ikki shaxs qo‘lga olindi. Mahalliy hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, ular Tojikiston fuqarolaridir. Ularga nomusga tegish va qotillik ayblovi qo‘yilgan.
Mashina politsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2021
Moskva viloyatidagi migrantlar yotoqxonasi yopildi - video
Bu voqeadan keyin mahalliy aholi u yerdagi migratlar turadigan yotoqxonani yopishni talab qilib, norozilik namoyishi o‘tkazishdi. Natijada yotoqxona yopildi va u yerdan 160 nafarga yaqin migrant olib ketildi. O‘z navbatida, Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov tegishli organlarga migrantlar zich yashaydigan shaharlarni qattiq nazoratga olish yuzasidan topshiriq berdi.
Yangiliklar lentasi
0