https://oz.sputniknews.uz/20210915/bmtga-moskva-metrosidagi-tojik-va-ozbek-tilidagi-korsatkichlar-maqul-keldi-20503201.html
BMTga Moskva metrosidagi tojik va o‘zbek tilidagi ko‘rsatkichlar ma’qul keldi
BMTga Moskva metrosidagi tojik va o‘zbek tilidagi ko‘rsatkichlar ma’qul keldi
Sputnik O‘zbekiston
Moskva metrosida o‘zbek va tojik tillarida ko‘rsatkichlarning paydo bo‘lishi - hukumatning boshqa davlat fuqarolariga bo‘lgan hurmati belgisidir, deb hisoblaydi... 15.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-15T12:54+0500
2021-09-15T12:54+0500
2021-09-15T12:54+0500
dunyoda
moskva
metro
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1389/13/13891387_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_ee5244e4841909620d09f7303a3edd21.jpg
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotda, BMTning Moskvadagi migratsiya bo‘yicha agentligida Moskva metrosida o‘zbek va tojik tillarida ko‘rsatkichlarning paydo bo‘lishi amaliyotini ijobiy baholadilar.Eslatib o‘tamiz, yangi ko‘rsatkichlar Moskva metrosining "Prokshino" va "Lesoparkovskaya" stansiyalarida paydo bo‘lgan. Bu orqali MDH fuqarolari Saxarovadagi migratsiya markazigacha bo‘lgan yo‘lni oson topishlari aytilmoqda.O‘zbekiston fuqarolari "chiqish", "Saxarovo migratsiya markazigacha avtobuslar", "Prokshino qishlog‘i", "Dubrovka turar-joy majmuasi" singari tanish yozuvlarni ko‘rishlari mumkin."Biz bunga ijobiy qaraymiz. Ko‘plab davlatlarda migrantlar uchun yaratilgan bu singari qulayliklarni ko‘rish mumkin", - deya ta’kidladi Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot burosi rahbari Abdusattor Esoyev, deya xabar qiladi Sputnik Tojikiston.Esoyevning so‘zlariga ko‘ra, bunday tashabbus - "mahalliy hokimiyat tomonidan chet elliklarga nisbatan hurmat belgisidir, axir ular ishlashga kelgan bo‘lishsa ham, mehmon hisoblanadi".Eslatib o‘tamiz, metrodagi ko‘rsatkichlarning tojik va o‘zbek tillarida dubl qilingani shahar aholisi orasida turli munozaralarga sabab bo‘ldi.Hatto mashhur Change.org saytida ko‘rsatkichlarni oldingi holatga qaytarish talab qilingan petitsiya paydo bo‘ldi. Biroq bu g‘oya Moskva aholisi tomonidan ma’qullanmadi.
https://oz.sputniknews.uz/20210914/migrantlar-uchun-qulaylik-moskva-metrosida-ozbek-tilida-belgilar-paydo-boldi-20488485.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1389/13/13891387_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_861072dc0ef9f4f4dceb94755a7394d2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
dunyoda, moskva, metro
BMTga Moskva metrosidagi tojik va o‘zbek tilidagi ko‘rsatkichlar ma’qul keldi
Moskva metrosida o‘zbek va tojik tillarida ko‘rsatkichlarning paydo bo‘lishi - hukumatning boshqa davlat fuqarolariga bo‘lgan hurmati belgisidir, deb hisoblaydi tashkilot
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotda, BMTning Moskvadagi migratsiya bo‘yicha agentligida Moskva metrosida o‘zbek va tojik tillarida ko‘rsatkichlarning paydo bo‘lishi amaliyotini ijobiy baholadilar.
Eslatib o‘tamiz, yangi ko‘rsatkichlar Moskva metrosining "Prokshino" va "Lesoparkovskaya" stansiyalarida paydo bo‘lgan. Bu orqali MDH fuqarolari Saxarovadagi migratsiya markazigacha bo‘lgan yo‘lni oson topishlari aytilmoqda.
O‘zbekiston fuqarolari "chiqish", "Saxarovo migratsiya markazigacha avtobuslar", "Prokshino qishlog‘i", "Dubrovka turar-joy majmuasi" singari tanish yozuvlarni ko‘rishlari mumkin.
"Biz bunga ijobiy qaraymiz. Ko‘plab davlatlarda migrantlar uchun yaratilgan bu singari qulayliklarni ko‘rish mumkin", - deya ta’kidladi Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot burosi rahbari Abdusattor Esoyev, deya xabar qiladi
Sputnik Tojikiston.
Esoyevning so‘zlariga ko‘ra, bunday tashabbus - "mahalliy hokimiyat tomonidan chet elliklarga nisbatan hurmat belgisidir, axir ular ishlashga kelgan bo‘lishsa ham, mehmon hisoblanadi".
Eslatib o‘tamiz, metrodagi ko‘rsatkichlarning tojik va o‘zbek tillarida dubl qilingani shahar aholisi orasida turli munozaralarga sabab bo‘ldi.
Hatto mashhur Change.org saytida ko‘rsatkichlarni oldingi holatga qaytarish talab qilingan petitsiya paydo bo‘ldi. Biroq bu g‘oya Moskva aholisi tomonidan ma’qullanmadi.