YeI Tojikistonga afg‘onistonlik qochoqlar uchun pul ajratdi

© REUTERS / Saeed Ali AchakzaiLyudi na propusknom punkte «Vorota drujbi” v pakistano-afganskom pogranichnom gorode Chaman, Pakistan
Lyudi na propusknom punkte «Vorota drujbi” v pakistano-afganskom pogranichnom gorode Chaman, Pakistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2021
Obuna bo‘lish
Moliyalashtirish afg‘on qochoqlari uchun birinchi galdagi zarurat buyumlarni xarid qilishga yo‘naltirilgan. Tojikiston rasmiylari afg‘on qochqinlari borligini inkor etsa-da, YeI ular respublikada borligini ta’kidlagan
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Yevropa ittifoqi afg‘onistonlik qochqinlarga ko‘rsatiladigan insonparvarlik yordami uchun Afg‘onistonga 160 ming yevro moliyaviy yordam ajratishini ma’lum qildi. Ushbu bayonot Tojikistondagi YeI vakolatxonasi tomonidan e’lon qilingan.
Moliyalashtirish Afg‘onistonda zo‘ravonliklar kuchayishi oqibatida afg‘on qochqinlarining yangi to‘lqini yuzaga kelganiga javoban Tojikiston Qizil Yarim Oy jamiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Xabarda aytilishicha, ajratilgan mablag‘larga birinchi galdagi zarurat buyumlari - jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari, palatkalar va boshqa buyumlar xarid qilinadi.
Situatsiya v gorodke Xayratan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2021
O‘zbekiston Afg‘onistonga 1,3 ming tonna insonparvarlik yordami jo‘natdi
Tojikistondagi YeI vakolatxonasi ma’lumotlariga ko‘ra Xatlon viloyati hamda Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida Afg‘onistondan so‘nggi bir necha hafta davomida kelgan 5 mingga yaqin qochqinlar saqlanmoqda. YeI prognozlariga ko‘ra, Tojikistonni oldinda yangi qochqinlar to‘lqini kutmoqda: mamlakatga kirib keluvchilar soni 2021-yil oxiriga borib 50 mingga yetishi mumkin.
Sputnik Tojikiston nashrining xabar berishicha, Tojikiston rasmiylarining so‘nggi bayonotlarida respublika hududida Afg‘onistondan kelgan qochqinlar yo‘qligi aytilgan. Tojikiston rasmiylari so‘zlariga ko‘ra, investitsiyalar va moliyalashtirishning yo‘qligi tufayli mamlakat qochqinlarni yoki boshpana izlovchi shaxslarni qabul qilish uchun zarur infratuzilmaga ega emas.
Yangiliklar lentasi
0