Madaniyat

Ermitaj direktori Alisher Navoiy tavalludini muzeyda nishonlashni taklif qildi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Fotobankka oʻtishErmitaj vozobnovil rabotu posle karantina
Ermitaj vozobnovil rabotu posle karantina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Mixail Piotrovskiy Rossiya uzoq yillardan beri Oʻzbekiston bilan madaniy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlab kelyotganini taʼkidlagan.
TOSHKENT, 15 sen – Sputnik. Ayni kunlarda Toshkentda hamda Oʻzbekistonning boshqa shaharlarida Madaniy meros haftaligi doirasida “Oʻzbeksiton madaniy merosi – Yangi renessans poydevori” V kongressi boʻlib oʻtmoqda. Unda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Ermitaj muzeyi rahbari Mixail Piotrovskiy nutqi oʻqib eshittirildi, deya xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Piotrovskiy oʻz nutqida 1941 yil Ikkinchi jahon urushi avjiga chiqqan bir paytda Ermitajda shamlar yorugʻida Oʻzbek adabiyotining yorqin siymosi mir Alisher Navoiyning 500 yilligi nishonlanganini iliq xotirlangan.
“Biz uzoq yillardan beri Oʻzbekiston bilan madaniy-maʼrifiy aloqalarimizni mustahkamlab kelmoqdamiz. Bu voqeaga ham 80 yil boʻlibdi. Men oʻsha qiyin damlarda olib borilgan ishlarni, zahmatkash insonlarni xotirlab yorugʻ va zamonaviy xonalarda 80 yildan soʻng Alisher Navoiyning tavalludini Ermitajda oʻtkazishni taklif qilgan boʻlar edim”,- deyilgan Mixail Piotrovskiy nutqida.
Butunjahon jamiyati tahririyat kengashi raisi Akmal Saidov bu ajoyib taklif ekanligini eʼtirof etib uni bajonidil qabul qilishini aytdi.
Madaniy meros haftaligi 21-sentyabrga qadar oʻtkaziladi. Tadbirlar respublikaning turli hududlarida boʻlib oʻtmoqda.
Alisher Navoi vozvыshayetsya nad aleyey - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Madaniyat
Alisher Navoiy haqida hujjatli film suratga olindi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala