Siyosat

YEXHT Oʻzbekistondagi prezident saylovlariga 250 nafar kuzatuvchini yuboradi

© Sputnik / Sergey AverinLogotip Organizatsii po bezopasnosti i sotrudnichestvu v Yevrope (OBSE)
Logotip Organizatsii po bezopasnosti i sotrudnichestvu v Yevrope (OBSE) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
YEXHT byurosining asosiy guruhi, yani 11 nafar kuzatuvchi kecha, 14 sentyabrda Oʻzbekistonga yetib kelgan
TOSHKENT, 15 sen - Sputnik. Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) Oʻzbekistondagi prezident saylovlarini kuzatishga 250 nafar kuzatuvchini yuborishini maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Bu haqda bugun, 15 sentyabr kuni Markaziy saylov komissiyasida oʻtkazilayotgan uchrashuvda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining Oʻzbekiston Prezidenti saylovini kuzatish missiyasi rahbari Ouen Merfi maʼlum qildi.
Izbiratelnaya urna na parlamentskix vыborax v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
Siyosat
Oʻzbekiston prezidenti lavozimi uchun kimlar kurashishi aniq boʻldi
"YEXHT byurosining asosiy guruhi, yani 11 nafar kuzatuvchi kecha, 14 sentyabrda Oʻzbekistonga yetib keldi, keyingi hafta yana 28 nafar uzoq muddatli kuzatuchi yetib kelishi kutilmoqda. Ushbu kuzatuvchilar Oʻzbekiston hududi boʻylab barcha saylov jarayonlarini kuzatib boradi. Shuningdek, saylovdan bir-ikki kun oldin 250 nafar kuzatuvchiimiz Oʻzbekistonga keladi. Taxminan uch haftadan keyin biz birinchi hisobotimizni elon qilamiz. Unda qilinayotgan ishlar haqidagi aniq malumotlarimizni beramiz", - dedi Ouen Merfi.
Uchrashuv davomida Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizamxodjayev YEXHT DIIHB bilan hamkorlik samarali rivojlanib borayotgani va oʻzining ijobiy natijalarini berayotganini taʼkidlab, xalqaro kuzatuvchilarga joriy yil boʻlib oʻtadigan prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼlumot berib oʻtdi.
Missiya vakillari Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi bilan saylov qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning mazmun-mohiyati, ularning saylovlarni demokratik asoslarda tashkil etishdagi roli bilan tanishtirildi.
Shavkat Mirziyoyev vыstupayet na sʼyezde Liberalno-demokraticheskoy partii Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Kolumnistlar
Mirziyoyevning saylovoldi dasturidagi 10 ta ustuvor yoʻnalish
Oʻtgan vaqt mobaynida Oʻzbekiston YEXHT DIIHB missiyasining saylovlarni kuzatish borasidagi bir qator tavsiyalarini amalga oshirdi. Bugungi kunga kelib YEXHT DIIHB tomonidan 2019 yilgi hisobotida taqdim etilgan 32 tavsiyaning 18 tasi toʻla qabul qilindi, 3 tasi qisman qabul qilindi, 8 tasi koʻrib chiqilmoqda.
Taʼkidlash lozimki, Byuroning saylovni kuzatish boʻyicha missiyasi tarkibiga asosiy guruh bilan birga uzoq muddatli kuzatuvchilar, shuningdek ovoz berish kuni saylov uchastkalarida kuzatuvni amalga oshiradigan qisqa muddatli kuzatuvchilar kiritilgan.
Oʻzbekistonga kelishi rejalashtirilgan uzoq muddatli kuzatuvchilarning faoliyati DIIHBga mintaqalardagi kuzatuv natijalarini inobatga olgan holda saylov jarayoni haqida toʻlaligicha hisobot tuzish imkonini beradi.
Qisqa muddatli kuzatuvchilarning vazifalari ularga biriktirilgan hududda saylov kuni kuzatuvni amalga oshirish, shuningdek oʻz xulosalari haqida aniq va toʻlaligicha missiyaning bosh qarorgohiga xabar berishdan iboratdir.
Uchrashuv soʻngida DIIHB YEXHTning SKM vakillaridan 12 nafariga xalqaro kuzatuvchi mandatlari topshirildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala