YeXHT O‘zbekistondagi prezident saylovlariga 250 nafar kuzatuvchini yuboradi

© Sputnik / Sergey AverinLogotip Organizatsii po bezopasnosti i sotrudnichestvu v Yevrope (OBSE)
Logotip Organizatsii po bezopasnosti i sotrudnichestvu v Yevrope (OBSE) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2021
Obuna bo‘lish
YeXHT burosining asosiy guruhi, yani 11 nafar kuzatuvchi kecha, 14-sentabrda O‘zbekistonga yetib kelgan
TOShKENT, 15 sen - Sputnik. Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) O‘zbekistondagi prezident saylovlarini kuzatishga 250 nafar kuzatuvchini yuborishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Bu haqda bugun, 15-sentabr kuni Markaziy saylov komissiyasida o‘tkazilayotgan uchrashuvda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosining O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish missiyasi rahbari Ouen Merfi ma’lum qildi.
Izbiratelnaya urna na parlamentskix viborax v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2021
O‘zbekiston prezidenti lavozimi uchun kimlar kurashishi aniq bo‘ldi
"YeXHT burosining asosiy guruhi, yani 11 nafar kuzatuvchi kecha, 14-sentabrda O‘zbekistonga yetib keldi, keyingi hafta yana 28 nafar uzoq muddatli kuzatuchi yetib kelishi kutilmoqda. Ushbu kuzatuvchilar O‘zbekiston hududi bo‘ylab barcha saylov jarayonlarini kuzatib boradi. Shuningdek, saylovdan bir-ikki kun oldin 250 nafar kuzatuvchiimiz O‘zbekistonga keladi. Taxminan uch haftadan keyin biz birinchi hisobotimizni elon qilamiz. Unda qilinayotgan ishlar haqidagi aniq malumotlarimizni beramiz", - dedi Ouen Merfi.
Uchrashuv davomida Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizamxodjayev YeXHT DIIHB bilan hamkorlik samarali rivojlanib borayotgani va o‘zining ijobiy natijalarini berayotganini ta’kidlab, xalqaro kuzatuvchilarga joriy yil bo‘lib o‘tadigan prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berib o‘tdi.
Missiya vakillari O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi bilan saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati, ularning saylovlarni demokratik asoslarda tashkil etishdagi roli bilan tanishtirildi.
Shavkat Mirziyoyev vistupayet na syezde Liberalno-demokraticheskoy partii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2021
Mirziyoyevning saylovoldi dasturidagi 10 ta ustuvor yo‘nalish
O‘tgan vaqt mobaynida O‘zbekiston YeXHT DIIHB missiyasining saylovlarni kuzatish borasidagi bir qator tavsiyalarini amalga oshirdi. Bugungi kunga kelib YeXHT DIIHB tomonidan 2019-yilgi hisobotida taqdim etilgan 32 tavsiyaning 18 tasi to‘la qabul qilindi, 3 tasi qisman qabul qilindi, 8 tasi ko‘rib chiqilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, Buroning saylovni kuzatish bo‘yicha missiyasi tarkibiga asosiy guruh bilan birga uzoq muddatli kuzatuvchilar, shuningdek ovoz berish kuni saylov uchastkalarida kuzatuvni amalga oshiradigan qisqa muddatli kuzatuvchilar kiritilgan.
O‘zbekistonga kelishi rejalashtirilgan uzoq muddatli kuzatuvchilarning faoliyati DIIHBga mintaqalardagi kuzatuv natijalarini inobatga olgan holda saylov jarayoni haqida to‘laligicha hisobot tuzish imkonini beradi.
Qisqa muddatli kuzatuvchilarning vazifalari ularga biriktirilgan hududda saylov kuni kuzatuvni amalga oshirish, shuningdek o‘z xulosalari haqida aniq va to‘laligicha missiyaning bosh qarorgohiga xabar berishdan iboratdir.
Uchrashuv so‘ngida DIIHB YeXHTning SKM vakillaridan 12 nafariga xalqaro kuzatuvchi mandatlari topshirildi.
Yangiliklar lentasi
0