Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Ismoil-Xon: Ashraf Gʻani afgʻon armiyasiga toliblarga taslim boʻlishni buyurgan

© REUTERS / Omar Sobhaniنن په کابل کې چاودنه شوي چې ګڼ شميرخلګو ته يي مرګ ژوبله اړولې ده
نن په کابل کې چاودنه شوي چې ګڼ شميرخلګو ته يي مرګ ژوبله اړولې ده - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Ismoil-Xonning taʼkidiga koʻra, Gʻani oʻz davlati va xalqiga ruhan yaqin boʻlmagan, shu boisdan ham birinchi va soʻnggi provintsiyalarning taslim boʻlishini xotirjam va befarq kuzatgan.
TOSHKENT, 15 sen — Sputnik. Hirotning sobiq gubernatori Ismoil-Xon Afgʻonistonning "Tolibon"*ga tezlikda taslim boʻlishi borasida fikr bildirdi.
"Prezident Gʻani haqiqatda buyuk milliy xoinlikka qoʻl urdi", - dedi sobiq siyosatchi.
U Eronning Entekhab nashriga bergan intervyusida sobiq davlat rahbarini "agent", deb atab, aynan Gʻanining harakatlari Afgʻonistonning qulashiga sabab boʻlganini iddao qilgan.
Ismoil-Xonning taʼkidiga koʻra, Gʻani oʻz davlati va xalqiga ruhan yaqin boʻlmagan, shu boisdan ham birinchi va soʻnggi provintsiyalarning taslim boʻlishini xotirjam va befarq kuzatgan.
Boytsы Talibana* katayutsya na bampernыx mashinkax v parke razvlecheniy v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Foto
Toliblar Afgʻonistondagi istirohat bogʻlarida hordiq chiqarishmoqda
"Biz Hirotga urush yaqinlashayotganini koʻrganimizda, biz, va nihoyat choralarni koʻrdik, ammo, afsuski, bu vaqtga kelib juda kech boʻlgandi. Garchi biz ikki oy kurashgan boʻlsak ham", - deya oʻz fikri bilan oʻrtoqlashdi afgʻon siyosatchisi.
Sobiq gubernatorning aytishicha, oxirgi yigirma kun "juda shovqinli" boʻlgan.
U "Tolibon"* qay tarzda qarshilik koʻrsatayotgan provintsiyani oʻta qisqa vaqtda qoʻlga kiritgani borasida ham oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
"Oxirida, toliblar shaharga jangning old chizigʻida shaharga kirib bora olmagach, Ashraf Gʻani harbiy qismlarga taslim boʻlish buyrugʻini berdi. Bu jangarilarga ikkala tomondan Hirotga kirib borish imkonini berdi", - dedi Ismoil-xon.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala